Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

m-fayl-funksiyaning tarkibi 
 
m
-fayl-funksiya 
MATLAB dasturlash tilining tipik obyektidir. 
Bundan tashqari u kirish va chiqish parametrlariga ega bo‗lganligi hamda 
lokal o‗zgaruvchilardan foydalanishi sababli tarkibiy dasturlash nuqtayi 
nazaridan to‗laqonli modul bo‗lib hisoblanadi. Bitta chiqish parametriga 
ega bo‗lgan bunday modulning tarkibi quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi:
function var=f_nomi (papametrlar ro‗yxati)
%Asosiy izoh
%Qo‗shimcha izoh
Turli ifodalarni o‗z ichiga oluvchi fayl qobig‗i 
var=ifoda 
m-fayl-funksiya quyidagi xossalarga ega bo‗ladi:

u function e‘lon bilan boshlanadi, undan keyin o‗zgaruvchining 
nomi var — chiqish parametri, funksiyaning nomi va chiqish 
parametrlarining ro‗yxati ko‗rsatiladi;

funksiya o‗z qiymatini qaytaradi va uni matematik ifodalarda 
nomi(parametrlar ro‘yxati
) ko‗rinishida ishlatish mumkin;


45 

fayl-funksiyaning 
qobig‗idagi 
hamma 
o‗zgaruchilar lokal 
o‗zgaruvchilardir, ya‘ni faqat funksiyaning ichida o‗rinli ;

fayl-funksiya mustaqil dasturiy modul bo‗lib, boshqa modullar 
bilan o‗zining kirish va chiqish parametrlari orqali aloqada 
bo‗ladi;

fayl-funksiya MATLAB tizimini kengaytirish vositasidir;

fayl-funksiya kompilyatsiya qilinadi va bajariladi, hosil qilingan 
mashina kodlari MATLAB tizimining ishchi sohasida saqlanadi.
Agar funksiya hisoblash natijalarini qaytarishi kerak bo‗lsa oxirgi 
konstruksiya 
var=ifoda
kiritiladi. 
Fayl-funksiyaning yuqorida keltirilgan shakli bitta chiqish parametriga 
ega bo‗lgan funksiyalar uchun harakterli. Agar chiqish parametrlari ko‗p 
bo‗lsa, ular function so‗zidan keyin kvadrat qavslarning ichida 
ko‗rsatiladi. Bu holda modulning tarkibi quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi: 
function [varl,var2....]=f_nomi (parametrlar ro‗yxati)
%Asosiy izoh
%Qo‗shimcha izoh
Turli ifodalarni o‗z ichiga oluvchi fayl qobig‗i 
vag1=ifoda 
vag2=ifoda 
Bunday funksiya protsedurani eslatadi. U bir emas bir necha natijani 
qaytaradi. Uni bevosita matematik ifodalarda qo‗llash xatoliklarga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun bunday funksiyadan dasturning alohida 
elementi kabi foydalaniladi:
[var1,va2,... ]=f_nomi(Parametrlar ro‗yxati)
U qo‗llanilgandan keyin chiqish o‗zgaruvchilari varl, var2,... 
aniqlangan bo‗ladi va ularni keyingi matematik ifodalarda yoki dasturning 
boshqa segmentlarida ishlatish mumkin. Agar bunday funksiya 
name(Parametrlar ro‗yxati) ko‗rinishida ishlatilsa, faqat birinchi chiqish 
parametri – var1 ning qiymatini qaytaradi.
Agar funksiyadagi o‗zgaruvchilar global bo‗lishi zarur bo‗lsa, ular 
global varl var2... komandasi yordamida e‘lon qilininadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin