Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti geologiya qidiruv va kon-metallurgiya



Yüklə 179,94 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü179,94 Kb.
#202961
1   2   3   4
2MFOM

Didaktik maqsadlar bo’yicha dars o’tish metodlarini pedagog olimlar (T.I. Shchukina, I.T. Ogorodnikov va boshqalar) ikki guruhga bo’lishadi:

  1. O’quv materialini dastlabki o’zlashtirishga imkon yaratuvchi metodlar: bularga o’qituvchining mavzuni og’zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash va boshqalar kiradi.

  2. Olingan bilimni mustahkamlash va takomillashtirishga imkon yaratuvchi metodlar. Bu guruhga masala, mashqlar echish, amaliy ishlar bajarish va boshqalar kiradi.

  1. O’qitish metodlarini binar (qo’sh) va polinar (ko’p qirrali) guruhlarga ajratilishi ham mavjud. Binar guruhlarini I.I. Maxmutov dars berish metodlari bilan o’rganish metodlarining birga qo’shilishi tarzida ko’rsatadi.
O’qitish, dars berish metodlari:

  • Axborot berish – bayon qilish;

  • tushuntirish;

  • ko’rsatma berish;

  • tushuntirish – da’vat etish;

  • undovchi, da’vat etuvchi.
O’rganish metodlari:

  • Ijro etish;

  • reproduktiv;

  • produktiv – amaliy;

  • qisman ijodiy;

  • ijodiy izlanishga asoslangan metodlardan iborat.

O’qitish metodlarining polinar tasnifi V. F. Palamarchuk va V. I. Palamarchuk singari tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unda ta’kidlanishicha, bilim manbai uning faolligi darajasi, o’qish jarayonida olinadigan bilimlarning mantiqiy yo’llari majmuidan tarkib topadi.
Guruhlarga ajratish, tasniflashga doir yana qator yondashuvlar mavjud. Ulardan biri didaktika bo’yicha nemis mutaxassisi L. Klinberg tasnifi bo’lib, u o’qitish metodlarini hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi, ya’ni: monologik metodlar: ma’ruza, hikoya, namoyish qilish;
dialogik metodlar; suhbat, munozara va boshqalar; Hamkorlik shakllari: individual, guruhiy, umumiy (frontal), jamoa tarzida bayon qilinadi.
Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi:

  1. Bilim berish, idrok etish, o’zlashtirish, e’tiqodni ta’minlovchi metodlar. Bu guruhga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo’yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatmalar berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.

  2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni xosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o’qitish kabinetlaridagi mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.

  3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash kabilarni o’z ichiga oladi.

Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhda tadbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Umuman olganda metodlarni guruhlarga bo’lishning barchasida ham kamchiliklar mavjud. Shuning uchun ham pedagoglar metodlarni tasniflash, guruhlarga ajratishni takomillashtirishga harakat qilishmoqda. Shu sababli metodlarni guruhlashdan voz kechish tendentsiyasi vujudga keldi. Metodlarning murakkabligi ularni turli sharoitlarda qo’llashga ahamiyat berishga majbur qilmoqda.
Har bir darsni o’qitish jarayonida bir necha metod bir–biriga bog’lanib, qorishib ketadi. O’qituvchi va talabalarning o’zaro muloqoti natijasida ta’lim metodlari bir–biriga singib ketadi. Tadqiqotchi Yu. K. Babanskiyning fikricha, biz u yoki bu metodni qo’llash haqida gapirar ekanmiz, bu shu metodning ma’lum bosqichda etakchi rol o’ynashini bildiradi, xolos.
Pedagog, psixolog mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, metodlar o’quv–tarbiya jarayonida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

Ta’lim beruvchi.
Metodlar yordamida ta’limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar o’qituvchi va o’quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta’lim olish borasidagi vazifalarni bajarishga qaratadi.
Kamolotga boshlash funktsiyasi:
O’quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivojlanish sur’atini tezlashtirishda, qiziquvchanligini oshirishda o’z ifodasini topadi.
Tarbiyalash funktsiyasi:
O’quv materialini o’rganish, o’zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma’naviy qarashlarning shakllanishiga olib keladi.
Bilim olishga da’vat etish, istak, xohish uyg’otish funktsiyasi:
Metodlar talabalarni bilim olishga da’vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish tug’diruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi.
Nazorat funktsiyasi:
Metodlar yordamida o’qituvchi o’quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o’quv jarayoni natijalariga ko’ra unga zarur o’zgartirishlar kiritadi.
Metodlarning funktsional jihati butun o’quv jarayonida o’zgarmas emas, ya’ni qotib qolmaydi. U sharoitga, qo’yilgan talabga, intensiv tarzda qo’llanish yoki qo’llanmasligiga ko’ra o’zgarib turadi.
Bir xil metodlar ko’proq ta’lim berish, o’quvchilarni kamol toptirish, tarbiyalashda muhim rol o’ynasa, boshqalari bilim olishga da’vat etish, uchinchilari esa bilimni nazorat qilishda keng imkoniyatlarga ega.

Yüklə 179,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin