47
sotishdan oldin va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni
rivojlantirish;
yangi tovar va xizmatlarni yaratish,
fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini qo‘llash va hokazo.
G‘irrom raqobatning asosiy usullariga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy (sanoat) shpionaj;
raqiblar mahsulotini soxta yasash;
pora berish va shantaj qilish;
xaridorlarni aldash;
hisob-kitoblarda qalbaki hujjatlarni qilish;
mahsulot nuqsonlarni bekitish va hokazo.
Yuqorida aytib o‘tilganday, mukammal raqobat kamdan-kam
uchraydigan holatdir, ammo uning tahlili
orqali bozor iqtisodiyoti
mexanizmini tushunish mumkin. Sof raqobat sharoitida alohida firmaning
sotuv hajmlari bozor taklifining kichik qismini tashkil etadi, shuningdek
firma ishlab chiqarish hajmining kamayishi yoki oshishi mahsulotning
bozor narxiga ta’sir qilmaydi.
Demak, sof raqobat sharoitida alohida firma mahsulotiga talab
absolyut elastik bo‘lib, gorizontal chiziq ko‘rinishga egadir.
Shu bilan
birga ushbu mahsulotga bozordagi umumiy talab klassik ko‘rinishda,
ya’ni pastga yo‘naltirilgan chiziq bo‘ladi. (21 – rasm).
Dostları ilə paylaş: