Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Axloqning paydo bo‘lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə58/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Axloqning paydo bo‘lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar. Axloqiy tafakkur taraqqiyotiga nazar tashlasak, kishilik jamiyatining ilk davrlarida dastlabki axloqiy ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari - Misr, Bobil, Falastin, Xitoy, Hindistonda va Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan. Qadimgi Misrda, Bobilonda axloqni yorituvchi pandnomalar yaratilib, ularda odob qoidalarini bilishlik insonga afzalliklar keltirishini ko‘rsatib o‘tganlar.
Jumladan, axloqiy qarashlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham ko‘rish mumkin. Avestoda yaxshilik, yorug‘lik va go‘zallik xudosi Axura Mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi Axriman o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi. “Avesto”da davlat xizmatchilarining axloqiy fazilatlari haqida shunday fikr bildiriladi: “Davlatni adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari kerak. Zolim podsholarni davlatni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymanglar”, “Haqiqat - baxt saodat manbaidir. Baxt faqat haqiqatni sevguchi insongagina mansubdir”, “Adolat tantana qilishi, yovuzlik yo‘q qilinishi kerak” kabi ko‘plab fikrlarni uchratish mumkin.
Xuddi shunday fikrlarni, qadimgi Hindistondagi barcha ta’limotlarda hamda Xitoyda shakllangan konfutsiylik, daosizm ta’limotlarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Axloqiy fikrlar birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni qadimgi Gretsiya va Rimda yashab ijod etgan Suqrot, Aflotun, Arastularning asarlarida ko‘rish mumkin. Masalan, Suqrotning fikriga ko‘ra, jasurlik ayni vaqtda donolikdir, ya’ni xavf – hatarni va xavfsizlikni o‘z vaqtida bilib, anglab olishdir. Mardlik qo‘rquvni bartaraf qilish hamda mo‘’tadillik o‘z hissiyotlariga erk bermaslikni, adolat yaxshilik qilishni anglatadi.
Aflotun o‘zining “Davlat” va “Qonunlar” nomli asarlarida axloqiy qarashlarini bayon etgan. U “ideal davlat” haqidagi g‘oyani ilgari surar ekan, undagi yaxshi fazilatli insonlarning kasb - hunar axloqi to‘g‘risida fikr bildiradi. Uning fikricha, har bir odam o‘z ishini qilishi kerak, boshqalarning kasbi sohasidagi ishlariga aralashmasligi zarur. Ideal davlatni boshqaruvchi shaxs quyidagi to‘rt yaxshi xislatga ega bo‘lishi kerak: donolik, jasurlik, muvozanatni saqlab turish, odillik.
Arastuning axloqiy qarashlari uning asarlari “Nikomax etikasi”, “Katta etika”, “Poetika” va “Siyosat” asarlarida o‘z aksini topgan. Arastu “Poetika” asarining “Katta axloq kitobi” bo‘limida shunday deyiladi: “Etika – axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taaalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, ya’ni munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. Shuning uchun, axloqni bemalol siyosat, deb atash mumkin”.68
Buyuk muhaddis Imom Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu tort xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsin, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yoqdir”, deb yozadi. 69
Alloma Voiz Koshifiy esa “Insonning qadr – qimmati uning mol – mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi”, deb ta’kidlaydi.
Sharq allomalaridan yana biri atoqli faylasuf va axloqshunos olim Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zlug‘ ibn Tarxon Forobiydir Sharqda «Ikkinchi muallim» deb tan olingan bu alloma o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Davlat arbobining hikmatlari», «Baxt-saodatga erishuv haqida» kabi bir qator asarlari bilan axloq ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” nomli asarida adolatli jamiyat qurishga qodir bo‘lgan insonlarning axloqiy fazilatlarida quyidagi muhim sifatlar bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi:

  1. Jismoniy salomatlik va aqliy kamolotning birligini ta’minlash zarur. Bunday odamlarning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarni osonlik bilan bajara olsin.

  2. Barcha masalani, muhokama va munozarani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarning chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin.

  3. Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan – eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay yodida saqlab turadigan bo‘lsin.

  4. Zehni shu darajada o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezish bilan bu alomat nimani bildirishini tezdan bilib olsin.

  5. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin.

  6. Bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni bilmay osonlikcha o‘zlashtira olsin.

  7. Ovqatlanishda, ichimlik ichishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlari o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin.

  8. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin.

  9. Ruhning g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin.

  10. Dirxam, dinor va shu kabi turkumga qarashli buyumlarga jirkanch bilan qaraydigan bo‘lsin.

  11. O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga xayrixoh, adolatsizlik qilib jabr – zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, o‘z odamlari va boshqalarga adolatli bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan barcha narsalarni barchaga taqdim etgan holda odamlarni adolatga targ‘ib etadigan, adolatsizlik oqibatlarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin.

  12. Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb topgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin. 70

Sohibqiron Amir Temurning «Tuzuklari»da vazirning mansab darajasi amirlik mansabi bilan barobar va hatto ba’zan undan yuqoriroq olinib ta’riflanadi. «Tuzuklar»ning ikki bobi maxsus vazirlik vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan. Bu boblarning biri «Vazir tutish tuzugi», ikkinchisi «Vazirning xizmat qilish tuzugi» deb nomlanadi.71 Asarning boshqa boblarida ham beklar, amirlar, qozi, mufti, muhtasib, sadr, qozikalon mansablari bilan birga vazir haqida ularning axloqiy xatti harakatlari haqida fikrlar bayon etilgan.
Amir Temur, ma’lumki, barcha davlat xizmatchilarini, jumladan, vazirlarni ham «xavfu rajo» (qo‘rquv va umidvorlik) orasida saqlab yurgan. Sohibqironning bu usuli uning «Tuzuklar»da yaxshi yoritilgan. «Yaxshilarning boshini siladim, yomonlar, munofiqlarni jazoladim», - deydi Temur. Bu usul keyingi temuriy podsholar tomonidan ham davom ettirilgan. Husayn Voiz Koshifiy «Axloqi Muhsiniy» asarida bu usulni «lutf va qahr» deb ataydi: «Bahiman podsho bir hakimdan: «Mulozimlar tarbiyasining asosini nimaga qurish kerak? - deb so‘radi. Hakim javob berib dedikim, ikki narsa (asosiga) qurish kerak: biri lutf va biri qahr. Sulton qahrining asari va lutfi hamisha xodimlariga qaratilgan bo‘lsin. Qahr ostida tutsin, tokim, hovliqib kuchayib ketmasinlar va lutf ko‘rsatib tursinkim, noumid bo‘lmasinlar».72
Abdulla Avloniy esa, “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikda qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgon kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qib, bilib amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, Yer yuzida nima ish qilmoq uchun yurganin bilur”, deb ta’kidlaydi.73
Xulosa qilib aytganda, axloqning kelib chiqishi haqidagi hamda har bir davrda axloqiy tafakkur taraqqiyoti rivojiga hissa qo‘shgan mutaffakirlar fikrlari hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin