Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə89/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Badiiy shakl va kompozitsiya. Falsafa tarixidan bizga ma’lumki, Suqrot, Aflotun, Farobiy singari buyuk mutafakkirlar ta’limotlarida va muqaddas kitoblarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tashqi go‘zallik sifatida taqdim etganlar va ushbu ta’limotlarda shakli va mazmunning uyg‘unligi haqida fikr yuritilayotganini anglab olish qiyin emas. Shakl va mazmun olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning mavjudligini ifodalash vositasi bo‘lib, har ikki kategoriyaning birligi olamning aniq ko‘rinishlaridan iborat bo‘ladi. Mazmunga ega bo‘lmagan narsa va hodisalar bo‘lmaganidek, shaklsiz jism va jarayon ham bo‘lishi mumkin emas. Faylasuflardan ayrimlari shakl va mazmun mavjudligini inkor etsalar, boshqalari shakl va mazmunning o‘zaro birligini anglamaganlar. Jumladan Arastu marmardan haykal yo‘nayotgan haykaltaroshlarni kuzatar ekan, shakl mazmundan bo‘lak mustaqil mavjud bo‘ladi, unga mazmun tashqaridan kiritiladi va shu tufayli marmar jonlanadi degan xulosaga keladi. Kant esa mazmun va shaklni faqat inson aqli tafakkurining mahsuli, natijasi deb tushunadi. Gegel mazmun va shakl dialektikasini tan olgan bo‘lsa ham, lekin mazmun ham shakl ham mutlaq g‘oyaning rivojlanish bosqichlari, turli ko‘rinishlaridagi ifodasidir, degan fikr yuritadi105. Mazmun bu muayan narsa, hodisa, jarayonlarning o‘ziga xos sifati xususiyatlari, muhim belgilari va elementlarining yig‘indisini anglatsa, shakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tuzilishini ifoda etadi. Har bir badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali g‘oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarni tuzilishi, tili, hamda badiiy asar tarzida ifodalanadi.
Kompozitsiya (lat. composito-tarkib, tuzilish, yaratilish, bog‘lanish) - badiiy asarning tartibli tuzilishi va uning mazmunan, xarakteri va maqsadi jihatdan bog‘langan qismlarning joylashishi. Kompozitsiya san’at asarlarida badiiy yaxlitlikni belgilab beradi. Ma’lumki ko‘pgina san’at turlaridagi badiiy yaxlitlik asosan ibtido, markaz va intihodan, yoki boshqa ibora bilan aytilganda tugun, kulminatsiya va yechimdan iboratdir.
Tasviriy san’atda kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni o‘zlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning o‘zaro uyg‘unligi tashkil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarning asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil bo‘ladigan fikr, his-tuyg‘ular o‘z aksini topadi.
Adabiyotda, kompozitsiya - asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, o‘zaro bog‘liqligi, voqea, xarakter – obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi ma’lum maqsadga bo‘ysundiriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin