Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə92/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi. Axloqiy va estetik qarashlar bog‘liqligi qadim davrlardayoq ma’lum bo‘lgan. Masalan, ko‘pgina badiiy asarlarda. «estetika» tushunchasi ezgulik, axloqiy poklik, go‘zallik tarzida ifodalanadi. Axloqiy muammolar majmui badiiy asar mazmunining tarkibiy qismidir. Ayniqsa, badiiy adabiyot, teatr, kino, tasviriy san’at asarlarida muammolar tuguni, to‘qnashuvlar, qahramonlar fe’l-atvori va xatti-harakatlari, tasvirlanayotgan obyektning muallif tomonidan baholanishi kabilar axloqiylik bilan sug‘orilgandir. San’atda ohang, harakat, vazn, ritm, garmoniya estetik tuyg‘ularni muhabbat va ezgulik tushunchalari orqali ifodalab axloqiylik kasb etsa, go‘zallik, ulug‘vorlik, nafasat kabi estetik mezonlar asosida insonni yuksaltirishga va ijtimoiy faollashtirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ilm-fan, ta’lim-tarbiya hamda boy estetik dunyoqarashga ega bo‘lmay turib jamiyatda ma’naviy taraqqiyotga erishish mumkin emas.
Estetikada ildizi axloq falsafasiga borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog‘liq xulqiy go‘zallik degan tushuncha ham mavjud. Demak, estetika o‘rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloq falsafasi nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi. 107
Masalan, musiqa va badiiy adabiyot-haykaltaroshlik, rassomlik, ganchkorlik, nashq o‘ymakorligi kabi san’at turlaridek buyum ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlanadigan san’at turi bo‘lmasada, u bir vaqtda jamoa va ommaga ta’sir etib, uning tafakkuri va dunyoqarashlarini aks ettirish xususiyatiga ega. Mana shu xususiyat san’atning mohiyatan ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, ma’naviy-siyosiy va tarbiyaviy voqelik bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Estetik did - voqea hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi, estetik mezon. Estetik did insonning fikr mulohazalari, xulq atvori, xatti-harakatlari, moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi. Estetik did tushunchasining o‘ziga xosligi shundaki, u bir tomondan, idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o‘zining ehtiros, his—hayajon, subyektiv baholash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi. Zero, fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy–tug‘malikka borib taqalsa–da, ular o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did murakkab tarbiya jarayonini taqazo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir108.
Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi. Estetik bilimlar va qarashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga, idrok qilish jarayonining o‘ziga singib ketishi, shaxsning mustahkam e’tiqodiga aylanishi lozim. Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka odam va jamiyat Estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mujassamlashtiradi. Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga xos bo‘lgan insonning tug‘ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib bo‘lmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir.109”.
Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Bugungi globallashuv sharoiti shaxsiy manfaatlardan kelib chiqib, dunyoni qayta bo‘lib olish, ayniqsa yosh avlodni turli yo‘llar bilan ta’sir doirasiga kiritish uchun o‘ziga xos kurash borayotgan bir paytda, ma’naviy taraqqiyot va estetik madaniyatning muhim omili bo‘lmish san’at, hamda internet va ommaviy axborot vositalarining ahamiyati nihoyatda yuksalib bormoqda.
Har qanday texnikaning me’yorini bilish ham, axloqiylikka borib taqalayotgani, zamonamizning dolzarb masalasi bo‘lib bormoqdaki, ushbu muommo axloq chegarasidan chiqib ketmaslikni talab etmoqda.
San’atning asosiy maqsadi san’at vositasida haqiqat yo‘lini belgilash bilan belgilanadi. Zamonaviy G‘arb estetikasida ham san’at va axloq xususida qiziqarli fikrlar mavjud.
Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Har bir kishi hayotda san’at bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qaror chiqara olishi uchun, o‘ziga xos bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu narsa juda muhim bo‘lib, yomon san’at asarining bir qator zararli ta’sirlari bor: Odamlar shu “san’at” orqali yolg‘on mag‘rurlikka aldanib qolishlariga olib keladi. U odamlarning o‘z qobiliyatlarining yolg‘on tassurotiga olib keladi. Bu “san’at” asari asossiz eforiyaning yaratilishiga olib keladi. U reallikni yo‘q qilib qo‘yishi mumkin. U odamlarning o‘z qobiliyatlarining yolg‘on tassurotiga olib keladi. Bu yo‘llar orqali shu kabi san’atdagi burilishlar odamlar ongida reallikdan uzoqlashtirishga, yolg‘on narsalarga ishonishga olib kelishi mumkin”110.
Demak, san’atning badiiy-estetik mohiyati inson dunyosi, orzu-istaklari, qalb tuyg‘ularini tarbiyalash qudratiga ega ekanligi bilan belgilanar ekan, axboriy-mafkuraviy raqobatlar zamonida yoshlarni san’at vositasida tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin