Qarama-qarshi fikrlar asosida foydali mulohazani tanlaydi
9.
Narsa-hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘ra bilmaydi
10.
Harakatchan, o‘zgaruvchan tushunchalardan foydalanib ob’ektiv borliq taraqqiyoti qonuniyatlarini inson ongida aks ettiradi
11.
Forobiy fikricha u “soxta donolik”dir
9-topshiriq. “Nima uchun?” texnikasidan foydalanib muammoning sabablarini ko‘rsating: “Global muammolar nima uchun butun insoniyatga katta havf solmoqda?”
10-topshiriq. “Qanday?” iyerarxik diagrammasidan foydalanib muammoning yechimlarini ko‘rsating:
“Globallashuvning salbiy ta’sirini qanday qilib kamaytirish mumkin?”
Inson bilan jamiyat ortasidagi munosabatlar bilan bogliq muammolar
Insonlar ortasidagi munosabatlar bilan bogliq muammolar
12-topshiriq. Savollar mohiyatiga e’tibor qarating: Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli qanday?
Demografiya muammosini hal qilish uchun dunyo mamlakatlarida qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?
Terrorizmning ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari haqida gapiring.
Global muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapiring.
TEST VARIANTLARI: “Filosofiya” atamasining ma’nosi nima?
a) dunyoni bilish
b) dunyoni sevish
c) xikmatli so‘z
d) donishmandlikni sevish
2. Dunyoqarash nima? a) olam to‘g‘risidagi bilimlar yig‘indisi
b) olam va unda insonning o‘rni to‘g‘risidagi qarash
c) olam haqidagi tabiiy ilmiy qarashlar tizimi
d) dunyo to‘g‘risidagi mifologik tasavvurlar
3. Agnostitsizm tushunchasi … . a) dunyoni bilishni inkor etuvchi ta’limot;
b) insonning kelib chiqishida tabiiy omilning ahamiyatini inkor etuvchi ta’limot;
c) inson kelib chiqishida ijtimoiy omilning ahamiyatini e’tirof etuvchi ta’limot;
d) dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etuvchi ta’limot
4. Falsafada moddiylikni ustuvor deb biluvchi ta’limot: a) materializm
b) idealizm
c) monizm
d) dogmatizm
5. Olamning asosida ko‘p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limot: a) dualizm
b) materializm
c) idealizm
d) plyuralizm
6. Filosofiya so‘zini “hikmatni qadrlash” deb atagan faylasuf kim? a) Farobiy
b) Xorazmiy
c) Ibn Sino
d) Navoiy
7. Olamni bilish mumkin deb hisoblovchi faylasuflar qanday ataladi? a) agnostiklar
b) gnostiklar
c) dualistlar
d) materialistlar
8. Insonning amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot: a) Antropologiya
b) Praksiologiya
c) Kulturologiya
d) Aksiologiya
9. Falsafa qanday funksiyalarni bajaradi? a) gnoseologik, evristik, metodologik
b) dunyoqarashni shakllantirish, tarbiyalovchilik, fanlarga yetakchilik qilish
c) praksiologik, birlashtiruvchilik, ishontirish
d) universiallik, baholash, rahnamolik
10. Dunyoqarashning eng qadimgi tarixiy tipini aniqlang a) materialistik
b) mifologik
c) dialektik
d) metafizik
11. Falsafiy dunyoqarashning tamoyillarini ko‘rsating a) ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, maqsadga muvofiqlik
b) universiallik, g‘oyaviylik, tarixiylik, siyosiylik
c) maqsadlilik, g‘oyaviylik, nazariya va amaliyot birligi, axloqiylik
d) ilmiylik, universiallik, mantiqiylik, huquqiylik
12. Abu Rayhon Beruniyning yozgan asarlarini aniqlang? a) “Hindiston”, “Donishnoma”, «Kitob al-najot”;
b) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Shajarai turk”;
c) “Xindiston”, “Osor al-boqiya”, “Geodeziya” ;
d) “Kitob ul insof”, “Mineralogiya”, “Tib qonunlari”.
13. Fatalizm nima? a) tabiat ruhning moddiy ko‘rinishi deb targ‘ib etuvchi ta’limot;
b) kishilarning kelajak taqdiri oldindan belgilab qo‘yiladi deb biluvchi ta’limot;
c) narsa va hodisalar o‘rtasida sababiy bog‘lanishlarnigina tan oluvchi oqim;
d) inqilobiy qarashlarni o‘zida mujassam etuvchi mafkura.
14. Ibn Sinoning falsafiy asarlarini ko‘rsating? a) “Kitob at-Shifo”, “Kitob at-Tavorix”, “Tib qonunlari”;
b) “Najot”, “Donishnoma”, “Kitob al-Insof”;
c) “Donishnoma”, “Kitob ash-shifo”, “Saydana”;
d) «Quvvat ul-tabia”, «Risola fil-ishk”, «Osor al-Boqiya”.
15. Farobiy asarlarini ko‘rsating: a) “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Aql to‘g‘risida”, “Logikaga kirish”
b) “Falsafani o‘rganishda nimalarni bilish kerak”, “Davlat haqida”
c) “Fozil odamlar shahri”, “Qonuni Mas’udiy”, “She’r san’ati”
d) “Inson a’zolari haqida risola”, “Poetika, “Fozil odamlar shahri”
16. Markaziy Osiyo ma’rifatchilik yo‘nalishining vakillarini aniqlang a) Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish
b) Mashrab, Nodirabegim, Abdurahmon Jomiy
c) Muqimiy, Furqat, Ahmad Donish
d) Bedil, Ulug‘bek, Gulxaniy
17. Teologiya nima? a) diniy dunyoqarashni o‘rganuvchi fan
b) afsonalarni o‘rganuvchi fan
c) islom dinining mohiyatini o‘rganuvchi fan
d) ilmiy dunyoqarashni o‘rganuvchi fan
18.Hodisalarning qonuniy aloqadorligi va sababaiy bog‘lanishi to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotni ko‘rsating a) determinizm
b) dialektika
c) dogmatizm
d) sinergetika
19.Rivojlanish bu... a) Miqdoriy ozayish va ko‘payishdan iborat jarayon
b) Jismning sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydigan ilgarilanma harakat
c) muayyan sistemaning mauayyan vaqt va fazodagi kompleks, ilgarilanma harakati
d) Tashqi ta’sirlar oqibatida ro‘y beruvchi miqdoriy o‘zgarishlarni anglatuvchi jarayon
20. Predmetning xajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi bilan tavsiflanuvchi tushuncha nima? a) xossa
b) miqdor
c) sifat
d) me’yor
21. Narsalarning xossa, hususiyat, belgilari birligi nima deb ataladi? a) miqdor
b) sifat
c) sakrash
d) me’yor
22. Ma’lum vaqtgacha predmetga ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘zgarishlar bu… a) sifat o‘zgarishlar
b) miqdor o‘zgarishlar
c) sakrash
d) me’yor
23. Narsa, hodisalarni bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari qanday ataladi? a) ziddiyat
b) qarama-qarshilik
c) konfliktologiya
d) barcha javoblar to‘g‘ri