24. Narsa va hodisalardagi farqli tomonlarni ifodalovchi tushuncha: a) Ayniyat
b) Ziddiyat
c) Tafovut
d) Konflikt
25. Dialektik inkor nima? a) eng umumiy, ob’ektiv va qonuniy jarayon
b) eski bilan yangi o‘rtasidagi aloqa momenti
c) narsalar ichki rivojlanishining natijasi
d) barcha javoblar to‘g‘ri
26. Ichki muhim bog‘lanishlar orqali qonuniy kelib chiqadigan, yuz berishi muqarrar hodisa: a) sababiyat
b) zaruriyat
c) imkoniyat
d) mohiyat
27. Amalga oshishi uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud bo‘lgan imkoniyat: a) formal imkoniyat
b) real imkoniyat
c) abstrakt imkoniyat
d) to‘liq imkoniyat
28. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga aylanishida uzluksizlikning uzilishi qanday ataladi? a) miqdoriy o‘zgarish
b) sifatiy o‘zgarish
c) me’yor
d) sakrash
29. Mohiyat deb nimaga aytiladi? a) hodisa ichida yashiringan, chuqur, ichki, nisbiy barqaror aloqadorliklarni ifodalaydigan voqelikning ichki tomoniga;
b) predmet yoki hodisani tashkil etuvchi barcha belgilar yig‘indisiga;
c) predmet yoki hodisalarning tashqi belgi, xossa, va hususiyatlari yig‘indisiga;
d) muayyan narsa-hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar majmuiga
30. Har qanday narsa va hodisaning ichki sifat muayyanligi, individualligi bilan tavsiflanuvchi falsafiy kategoriya qaysi? a) umumiylik
b) mohiyat
c) alohidalik
d) zaruriylik
31. Borliq masalalari bilan shug‘ullanuvchi falsafiy fan sohasi: a) Ontologiya
b) Gnoseologiya
c) Aksiologiya
d) Praksiologiya
32. Borliq nima? a) Borliq – narsalar, hodisalarning yaxlit bir butunligi
b) Borliq – materiyadir
c) Borliq – tabiatning narsalari, o‘simlik olami va hayvonot dunyosidir
d) Borliq – jamiyat, undagi hodisa va jarayonlardir