148. 1955 yilda kim tinchlik va qurolsizlanish uchun kurash tashabbusini ilgari surgan?
A. B.Rassel
B. M.Born
V. L.Infeld
G. F.Jolto Kuri
149. B.Rassel barcha urushlarga chek qo‘yuvchi jahon hukumati deb atagan tashkilotni belgilang?
A. BMT
B. OPEK
V. Shanxay
G. Rim klubi
150. «Tarix kurtaklari va uning maqsadi» asari muallifi Kim?
A. K.Yaspers
B. A.Toynbi
V. M.Born
G.F.Jollo Kyuri
GLOSSARIY
Amaliyot - inson faoliyatining yig’indisi, majmui
Antropologiya - inson haqidagi fan muammolari bilan shug’ullangan
Avesto - Zardushtiylik dinining qonun-qoidalari bayon etilgan kitob
Axloq - (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri, manaviy hayot hodisasi, manaviyat sohasiga oid tushuncha
Axloqiy fazilatlar - inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng YUk sak , ijobiy hatti-harakatlar, o‘y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish, yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‘lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‘lish, vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning namoyon bo‘lishi
Axloqiy ideal - axloq - meyorlarining yuk sak , orzu qilingan darajadagi tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson obrazi
Axloqiy madaniyat - axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, ko‘nikmalar va ularga amal qilinish
Axloqiy meyorlar - jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi
Axloqiy qadriyatlar - kishilarning xulq-atvorida asrlar davomida shakllangan o‘zaro munosabatlar, yurish-turish qoidalari: xushxulqlik, xushmuomalalik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, halollik, pokizalik, ezgulik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik
Dostları ilə paylaş: |