Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


NODIRA NISHONOVA
FALSAFA


O‘quv qo‘llanma


(Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun)


Toshkent
«Toshkent davlat texnika universiteti»
2023


Nodira Nishonova Falsafa. O‘quv qo‘llanma. – T.: ToshDTU, 2023. _____ bet.

Mazkur o‘quv qo‘llanma, Falsafa fani (1- modul qismi uchun) bo‘icha barcha ta’lim yo‘nalishining bakalavr bosqichi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, o‘quv qo‘llanmada falsafa fanining predmeti, mazmun mohiyati va jamiyatdagi roli, borliq hamda olamni falsafiy anglash, bilish muammolari, mantiq – bilish nazariyasining tarkibiy qismi sifatida, jamiyat falsafasi va inson borlig‘i munosabatlari, axloqiy qadriyatlar va estetika falsafasi hamda globallashuv jarayonida barqaror taraqqiyot falsafasi masalalar ilmiy-uslubiy tizimlashtirilgan holda yoritilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada, Falsafa (1- modul qismi uchun) fani mavzulariga oid nazariy matnlar, tayanch tushunchalar, konsultativ materiallar, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar, testlar, glossariy va adabiyotlar ro‘yxati berilgan. O‘quv qo‘llanma ToshDTU, Falsafa va milliy g‘oya kafedrasida tayyorlangan.


Mas’ul muharrir:
****** – falsafa fanlari doktori, professor


Taqrizchilar:
***
***
Mazkur o‘quv qo‘llanma ToshDTU o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqib tasdiqlandi va nashrga tavsiya etildi ( ___ sonli bayonnoma, _____ 2023 yil)


KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy - siyosiy, madaniy va iqtisodiy tub o‘zgarishlar, Vatanimiz bunyodkorligi va taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi hissa qo‘shishi lozim bo‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalashni, ularni dunyoqarashini zamonaviy ilm-fan bilan boyitishni, kelajak yurt istiqboli uchun o‘z sohasining malakali mutaxassisi bo‘lib etishishini ta’minlab berishdek mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab otganlaridek, “Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati katta”1dir.
Ayniqsa, ilm-fan tizimi rivojining uslubiy asosi bo‘lgan, inson ma’naviy- ruhiy, intellektual olamini, zamonaviy yoshlarning hayotiy maqsad va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladigan falsafa ilmining o‘rni beqiyosdir.
Falsafa fanining dolzarbligi bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy merosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.
Eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan falsafa o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur fanning mohiyatini o‘rganishimiz jarayonida, uning o‘ziga xos hususiyatlarini anglaymiz va falsafa inson o‘z-o‘zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o‘ynashini tushuna boshlaymiz. Yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish – davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan baxsga kirishish uchun uning qarashlari va g‘oyasi, falsafasini ko‘proq bilishimiz, kerak bo‘lsa, uning o‘zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim.
Falsafa fanini o‘qitishdan maqsad yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifalari tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish, falsafa rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo‘nalishlari, diniy dunyoqarash, tabiat va jamiyat borlig‘i to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish, jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur va shaxsiy-tahliliy tanqid nuqtai nazaridan yondashish, o‘z-o‘zini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuyg‘ularini hosil qilish, yoshlarda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash, o‘zining eng oliy maqsadini topish va unga erishish yo‘lida maqsadli faoliyat olib borish, hozirgi davr umumbashariy muammolari va globallashuvning ijobiy, salbiy jihatlarini, falsafaning milliylik va umumbashariylik hususiyatlarini tahlil etishdan iboratdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin