Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə23/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo‘ladi. Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir: ular: harakat, fazo, vaqt, inʼikos va boshqalar. Borliq o‘zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi..
Harakat. Materiya atributlari ichida uning asosiy yashash usuli, mavjudlik shakli — bu harakatdir, chunki materiyaning har qanday ko‘rinishining yaxlitligi harakat tufayli saqlanadi. Agar harakat bo‘lmaganda edi, harqanday jismning tarkibiy qismlarini tutashtirib turuvchi o‘zaro ta’sir kuchlar ham bo‘lmagan bo‘lar edi, natijada, hech bir narsaning butunligi, yaxlitligi, tartibi saqlanmasdi. Biz, atrofimizdagi narsalarni harakat tufayli, ya’ni ularga yorug‘lik nurlari urilib, bizning ko‘zimizga tushganligi uchun ko‘ramiz. Harakat tufayli havo tebranishlari quloqlarimizga tovush to‘lqinlarini tashib keladi va biz eshitamiz. Harakat tufayli atomlar va molekulalarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, o‘simliklarda moddalar almashinadi, energiya va axborot uzatiladi, harakat tufayli hayvonot olami va inson muhit bilan aloqada bo‘ladi, jamiyat rivojlanadi. Harakat tufayli Quyosh nurlari Yerga yetib keladi, daryolar oqadi, o‘simliklar o‘sadi, fasllar almashinadi. Quyosh sistemasi, galaktikamiz va butun Koinotdagi hayotiy jarayonlar davom etadi.
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlarning tashkil etuvchi elementlar va turli jismlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning natijasi sifatida, boshqa to mondan esa, ularda ro‘y beruvchi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi.
Harakatning bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shakllari mavjuddir. Harakat shakllarini turkumlash falsafada muhimdir. Faylasuflar harakat shakllarini turkumlashda quyidagi qoidalarga tayanadilar:
1) harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilish darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi;
2) harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan), ketma-ket bog‘langandir, ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibida quyi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, ya’ni harakatning quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidalarga tayangan holda harakatning bir necha shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular quyidagilardir: mexaniq harakat, issiqlik, yorug‘lik, elektr, magnitizm, kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o‘tishi va organiq hayot. Bularga ijtimoiy harakatni qo‘shsak, quyidagi harakat shakllari hosil bo‘ladi:
1) mexaniq harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb taʼriflashadi);
2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir);
3) kimyoviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi);
4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar);
5) ijtimoiy harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo‘lishi).
Harakat fazo va vaqt bilan uzviy bog‘langandir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin