Ona yurting — oltin beshiging. * * * Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro£ying somon bo‘lmas. * * * Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho'pon bo‘l. * * * O‘z uying — o‘lan to‘shaging. * * * Kimda o‘z yurtiga bo‘lmasa mehr, U qalban shikasta, u qalban majruh. * * * Yurt qo‘risang, o'zarsan, Qo‘rimasang, to‘zarsan. Yurti tinchning o‘zi tinch. * * * Yurt bilan bo‘lgan yetar murodga, Yurtdan ayrilgan qolar uyatga.
Suhbat
1991- yil 1- sentabrda O‘zbekiston tarixida qanday voqea sodir bo‘ldi?
Qachon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilindi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 1991-yil 31- avgustda qabul qilingan Bayonotida nima deyilgan?
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun navbatdagi ulkan tarixiy voqea qachon sodir bo‘ldi? Qanday qaror qabul qilindi?
O‘zbekiston Respublikasi tarixiga oid yana qaysi muhim sanalarni bilasiz?