Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
2. Morfologik yozuv - so‘z asosi va qo‘shimchalarini aynan yozish demakdir. Bunga ko‘ra so‘z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi, ya’ni asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi kuzatilmaydi. So‘z va qo‘shimcha aslan qanday bo‘lsa, shunday yoziladi. Masalan:
fe’lning zamon va shaxs qo‘shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi.
-dan, -da qo‘shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o‘zgarishsiz yoziladi: ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi.
-iston (so‘z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l nisbatlari) qo‘shimchalariasos qismida –u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda u tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko‘ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston
qo‘shma va juft so‘zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo‘yicha yoziladi: qip-qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi.
3. Shakliy yozuv bu tamoyilga ko‘ra boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘sha tildagi shaklini saqlagan holda yoziladi: tramvay, institut, teatr, drama, kongress.O‘zbekcha so‘zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi, ular orasida qisqa i unlisi yoziladi: qizil, bilan, sir, shimol. Ammo o‘zlashgan so‘zlar tarkibida ikki undosh yonma-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi: stol, klub, prokuror, fikr, zikr. Yangi o‘zbek yozuvining imlo qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Imlo qoidalari 7 bo‘limdan iborat:
Harflar imlosi. U ikki qismdan iborat: unlilar imlosi va undoshlar imlosi.