Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə69/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Reja:

  • Oila – jamiyat tayanchi.

  • Dialogik matnning o’ziga xos xususiyatlari.



1-topshiriq.Matnni o‘qing. Matnga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring.
OILA – JAMIYAT TAYANCHI.
Yurtimizda davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblangan oila siyosati aholi bandligini va real daromadlarini izchil oshirib borishga, fuqarolar farovonligini oshirishga, ijtimoiy muhofaza qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. O’zbekistonda oilalarni mustahkamlash, unda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda aholi soni 33 millionga yaqin bo’lib, shundan oilalar soni 8 millionni tashkil qiladi.
O’zbekiston Respulikasining Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini hamda davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan. Ma’lumki, oila – tarbiya tizimidagi shunday bo’g’inki, butun jamiyatning, millatning bugungi va kelajak hayoti uni qanday tashkil etilishiga, undagi mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitga bog’liq. Har qanday insonning asosiy xususiyatlari, avvalo, oilada shakllanadi.
Oila har bir jamiyatning asos-negizi bo’lib, yoshlarimizda insonparvarlik, mehnatsevarlik, axloqiylik, vatanparvarlik va yuksak tuyg’ular, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oilaviy munosabatlar qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, shunchalik oilada ma’naviyat yuksala boradi.
2-topshiriq. “Mening oilam” mavzusida matn yozish.
3-topshiriq. Quyidagi savollarga yozma javob bering.

    1. 20 yildan keying hayot sizning tasavvuringizda qanday?

    2. Yoshlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    3. “Haqiqiy inson” deganda, kimni nazarda tutamiz?

    4. Kelajakda qanday rejalaringiz bor?

4-topshiriq. Hayotga munosabatingiz va qiziqishlaringiz to‘g‘risida kichik matn tuzing.


  • Начало формы

  • Конец формы

1. Hayotga munosabat va qiziqishlaringiz haqida gapirib bering.


2.Inson barkamollikka erishishi uchun nimalar qilishi kerak?
3. Hayotdagi idealingizni tasvirlab bering.
4.“Hayot mening tasavvurimda” mavzusida esse yozish.
5. Hayotdagi maqsad va orzular haqida dialogik matn tuzish va uni instsenirovka qilish.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin