bog‘lanishli matn tuzish va o‘z sohasi doirasida fikrlarni o‘zbek tilida bayon qila olishni bilishi kerak.
og‘zaki va yozma nutqda o‘zbek tilining grammatik qoidalarini qo‘llay olishi, o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘zbek tilida maqola, risolalar tayyorlashda lug‘atlardan foydalana olish;
so‘zlarni o‘rinli qo‘llay olishi, o‘qish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va og‘zaki savodxonlikka ega bo‘lish;
o‘zbek nutqining barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ish yuritish ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi kitob taqriz yoza bilish, u yoki munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish lozim.
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, o‘zbek tilidagi nutq tovushlari va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni; o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; bog‘lanishli matn tuzish va o‘z sohasi doirasida fikrlarni o‘zbek tilida bayon qila olishni bilish va joriy nazorat shakllarida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni bajarish, test topshirish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ish yozish.