Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


-topshiriq. Matnni o‘qing. Rus tiliga tarjima qiling



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə71/148
tarix24.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#160783
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1-topshiriq. Matnni o‘qing. Rus tiliga tarjima qiling.
BIRINCHI O‘QITUVCHIM
Mening birinchi o‘qituvchim Ahmedova Vasila opa bo‘lganlar. U kishi juda ochiq ko‘ngil, mehribon inson. Ularni men chinakam do‘st, samimiy inson sifatida eslab qolganman. Hali o‘qish-yozishni bilmaydigan bir sinf bolaga xat-savod o‘rgatish uchun ular ozmuncha mehnat qilmaganlar. Jajji qo‘llarimizdan tutib ilk harfni yozdirganlari sira yodimdan chiqmaydi. Endilikda o‘zim ham o‘qituvchiman. Men ham yoshlarga til o‘rgataman. Ustozimning mashaqqatli mehnatlarini endi yana ham ko‘proq qadrlayapman, anglab yetyapman. Ustozim hozir ham bolalarga bilim berib keladilar. Men ularni tez-tez yoqlab turaman. Axir aytadilar-ku, ustoz otaday ulug‘ deb.
2-topshiriq. Savollarga javob bering, bunda ta’rif va tavsif uchun qo‘llanadigan so‘zlardan foydalaning:

  • Birinchi ustozingizni eslaysizmi? Uni tavsiflang.

  • Qaysi fan o‘qituvchisi sizga ko‘proq yoqadi? Nima uchun?

  • Qaysi fan o‘qituvchisi sizga yoqmayadi? Nima uchun?

  • “Ustoz maktabi” deganda nimani tushunasiz?

  • Litsey yoki kollejning fizika (o‘zbek tili va adabiyoti, kimyo, matematika, informatika) o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?



3-topshiriq. Kasblarga ta’rif bergan holda matnlarni davom ettiring.
Mening otam — huquqshunos. Huquqshunoslik juda zarur kasb. Har qanday mamlakatda adolat o‘rnatilishi kerak.
Huquqshunos...
Mening onam — shifokor. Shifokorlik juda oliyjanob kasb.
Shifokor...
Mening akam — uchuvchi. Uchuvchilik kasbi juda qiziqarli kasb. Uchuvchi...
Men o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. O‘qituvchilik....
Mening do‘stim esa tarjimon bo‘lmoqchi. Tarjimonlik kasbi
kishidan ...4


4-topshiriq.Ustozlar haqida esse yozing.
5-topshiriq. Quyidagi she’rni yod oling. Undagi tasviriy vositalarni aniqlang.


USTOZ
S.Soliyev
Ona suti kabi niyatingiz pok,
Mehringiz saraton bag‘riday issiq,
Beg‘ubor dilingiz nur kabi oppoq,
Siymongiz dilimda, billurdek tiniq.

Ustozni nur deydi, sevadi inson,


So‘zlarin dur deydi, teradi inson,
Bergan ta’limingiz quyosh nuriday,
Yo‘limiz yoritdi, yashnadi zamon.

Ustozom tilimda, dilimda mangu,


Mehribon onamdek sevaman mudom,
Ustozom so‘zlari dilimda yog‘du,
Shu sabab bo‘loldim barkamol inson.

Ustozim sevaman toki hayotman,


Nomini nur kabi saqlab pokiza,
Ezgulik, haqlikni o‘rgangan zotman,
Bir umr ustozdan olib andoza.



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin