Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə17/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Nazorat savollari


  1. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga tayyorlash uchun aralashtirish mashinalari qanday tanlanadi?

  2. Xomashyoni aralashtirish mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi.



8–AMALIY MASHG‘ULOT REKTIFIKATSIYA APPARATLARI TUZILISHINI


O‘RGANISH VA HISOBLASH
Ishdan maqsad: Rektifikatsiya apparatlari tuzilishini o‗rganish va hisoblash.

Umumiy ma’lumotlar


Suyuq aralashmalarning bir marta qisman bug‗latish yo‗li bilan ajratish jarayoni «oddiy haydash» deb atalgan. Oddiy haydash jarayoni aralashma komponentlarining uchuvchanliklari o‗rtasidagi farq ancha katta bo‗lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish uchun hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo‗shimchalardan tozalashda, oddiy haydash usulidan foydaniladi.
Oddiy haydash quyidagi usullarga bo‗linadi:
1.Fraksiyali haydash. 2.Deflegmatsiya bilan haydash. 3.Suv bug‗i bilan haydash.
Har xil tarkibli mahsulot olishga muljallangan suyuqliqlarni ajratish usuli «fraksiyali haydash» deb ataladi.
Haydash kubining ichiga zmeyevik joylashtirilgan bo‗lib, o‗xshashlik orqali suv bug‗i o‗tadi. Suyuqlik qaynash t0- (harorat) sigacha isitiladi. Hosil bo‗lgan bug‗larga sovutgichlar yuboriladi. Distillyat fraksiyalari tegishli idishlarga tushiriladi. Haydash jarayoniga tushgach, qoldiq suyuqliklar haydash kubidan tushirib olinadi. So‗ngra sikl qayta takrorlanib, ajratish lozim bo‗lgan suyuqliklar haydash kubiga yana berilgan.
Oddiy haydash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida olib borilishi mumkin. Vakuumni qo‗llash natijasida issiqlikka chidamsiz aralashmalarni ajratish imkoni tugilgan. Vakuum qo‗llanganda eritmalarning qaynash harorati pasayadi, shu sababli haydash kubini isitishda past ko‗rsatkichli suv bug‗idan foydalanish mumkin.
Deflegmatsiya bilan haydash. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun distillyatning tarkibi deflegmatsiya yordamida boyitiladi. Haydash kubidan chiqayotgan bug‗lar deflegmatorga o‗tadi, u yerda bug‗lar qisman kondensatorlanadi. Asosan bug‗ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensastiyalangan va hosil bo‗lgan suyuqlik flegma haydash kubiga tushadi. Yengil uchuvchan komponent bilan to‗yingan bug‗lar kondensator sovutgichga o‗tadi va o‗xshashlik yerda to‗la kondensistiyalanadi. Kondenstatorga o‗z navbatida tegishli idishlar yuboriladi. Haydash jarayonining tugashi tubda qolgan suyuqlik qaynash harorati bo‗yicha tekshiriladi. Odatda qoldiq suyuqlik ma‘lum tarkibga ega bo‗lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan komponent ushlagan qoldiq suyuqlikni haydash kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali tegishli idishga tushiriladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin