OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OZIQ-OVQAT SANOATI MASHINA VA JIHOZLARI
fanidan amaliy mashg‗ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMALAR
«5320300 –Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)» yo‗nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan
Toshkent –2019
Tuzuvchilar: Safarov J.E., Sultanova Sh.A. va Ergasheva Z.Q.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanidan amaliy mashg‗ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko‗rsatma. Toshkent: ToshDTU – 2019: 104 b.
Ko‗rsatma 5320300 - «Texnologik mashinalar va jihozlar» (oziq- ovqat sanoati) bakalavriat ta‘lim yo‗nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan.
―Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari‖ fanining vazifasi oziq-ovqat sanoatida qo‗llaniladigan mashinalar va jihozlarning tuzilishi, turlari, ularni hisoblash, texnologik tizimdagi o‗rni haqida to‗liq ma‘lumot berishdan iborat.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy- uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar:
Choriyev A.J. - Toshkent kimyo texnologiya instituti «Oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Nazarov K.K.- Toshkent davlat texnika universiteti «Muhandislik texnologiyalari» fakulteti, ‖Biotexnologiya‖ kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2019
KIRISH
Mustaqil O‗zbekiston o‗z xalqi tanlagan yo‗ldan ochiq erkin bozor munosabatlari yo‗lidan, adolatli jamiyat qurish, bosqichma-bosqich kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‗lidan bormoqda.
Davlatimiz o‗z fuqarolarining ozod, erkin, baxtiyor, farovon yashashini ta‘minlashni, ularning moddiy va ma‘naviy hayot darajasini oshirishni o‗z oldiga oliy maqsad qilib qo‗ygan.
Bu maqsadni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ilm-fan va texnika taraqqiyotiga suyangan holda yo‗lga qo‗yishni va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni talab etadi. Fan va texnika taraqqiyotining tezlashishiga avvalambor turli jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan jihozlarni yaratishga kam material va metall sarflash orqali erishiladi.
Bu narsa birinchi navbatda kimyo mashinasozligida ishlab chiqarilayotgan uskunalar, texnologik tizimlar hamda ko‗p tonnali kimyoviy mahsulotlar: kislotalar, ishqorlar, metanol, mineral o‗g‗itlar, jumladan, karbamid va boshqa moddalar ishlab chiqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlarga taalluqlidir. Yangicha kechadigan texnologik jarayonlar uchun zamonaviy issiqlik va massa almashinuvi, vakuumli reaktorlar ishlab chiqarishni ko‗paytirish lozim.
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‗yi ta‘minlab turish uchun xo‗jaliklarda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e‘tibor berish lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‗paygani sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar yaratilmoqda.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanida qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‗or tajribaga tayanib ish ko‗rilsa, mahsulotning isrof bo‗lishi ancha kamayadi. Shu
hisobdan aholini 20% va undan ham ko‗proq qo‗shimcha qishloq xo‗jalik mahsulotlari bilan ta‘minlash hamda qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishda malakali mutaxassislar tayyorlash ham muhim ish hisoblanadi. Shu sababli qishloq xo‗jalik institutlarida «Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fani o‗qitiladi.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanini o‗qitish ma‘ruza, laboratoriya-amaliy mashg‗ulot turlari orqali amalga oshiriladi. Bunda o‗qitishning interfaol usullari, yangi pedagogik texnologiyalar, o‗qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |