Ishdan maqsad. Mahsulot hisob-kitobi, smenada ishlab chiqarish sarfini hisob-kitob asosida o‗rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Sochiluvchi yuklar, idishlar va tayyor mahsulotlarni uzunasiga uzatish uchun lentali transportyor ishlatiladi (1.1-rasm).
TEXNIK TAVSIFNOMASI.
Lentaning tezlik harakati 0,1-1,5 m/s
Lentaning kengligi 300,400,500,600,800,1000.
- rasm. Lentali transportyor.
1-karkas; 2 -tortuvchi uzatma; 3-tortuvchi baraban; 4-lenta; 5-rolikli podshipniklar; 6-uzatmali baraban; 7-uzatma.
Sochiluvchi yuklarni uzatuvchi lentali transportyorning unumdorligini hisoblash formulasi:
P =0,04 b2 ·V·, (1.1)
Bunda b - lentaning kengligi (m); V - lentaning tezlik harakati (m/s);
- sochuvchi materiallarning zichligi (kg/m3).
Meva va sabzavotlarni uzatuvchi lentali transportyorning unumdorligini hisoblash formulasi:
P = b·h·V·· (1.2)
Bunda b-lentaning kengligi (m); h-material qatlamining bo‗yi (m);
V- tezlik (m/s); -sochuvchi materialning zichligi (kg/m3); -lenta maydonini to‗ldiruvchi koeffitsiyent (0,5 - 0,9)
Yuklarni donalab uzatish uchun lentali transportyorning unumdorligini hisoblash formulasi:
V
P = ( ) k ·, dona (1.3)
a
Bunda a-banka markazi orasidagi masofa, m; k-lenta eni bo‗ylab mahsulot qatorlari soni, k=1; - bankalar bilan lentani to‗ldirish koeffitsiyenti; V- tezlik (m/s).
Sidiruvchi transportyor. Bu jihoz sochiladigan xomashyolarni (tuz, shakar) va texnologik jarayondan chiqadigan chiqindilarni gorizontal va nishabli holatda uzatib boradi.
Uning ko‗rinishi quyidagicha (1.2 - rasm).
Dostları ilə paylaş: |