Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə15/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Nazorat savollari


  1. Maydalash mashinalarining qanday turlarini bilasiz?

  2. Xomashyoni maydalash nima uchun zarur?

  3. Maydalash mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi.



7–AMALIY MASHG‘ULOT ISH HAQINI REJALASHTIRISH


Ishdan maqsad: Ishchilar soniga ko‗ra ish haqini hisoblashni o‗rganish.


Umumiy ma’lumotlar


Ish haqi bo‗yicha rejada umumiy fond summasi, o‗rtacha ish haqi va uning mehnat unumdorligi oshishi bilan taqqoslanganda o‗sish nisbati hisoblanadi. Ish haqining rejalashtirilgan fondi korxonalarning xodimlariga ishbay narxlari bo‗yicha, tarif stavkalari bo‗yicha va lavozim maoshlari bo‗yicha to‗lanadigan haq, mukofotlar (foydadan moddiy rag‗batlantirish bo‗yicha to‗lanadigan summa bunga kirmaydi),

qo‗shimcha to‗lovlar, qo‗shimcha ish haqi va barcha turdagi ustamalar kiradi. Ko‗rsatilgan to‗lovlarning nisbati ish haqi tuzilmasini tashkil etadi.
Rejada sanoat-ishlab chiqarish va nosanoat xodimlarining umumiy ish haqi fondi, shuningdek, ro‗yxatga kirmagan xodimlarning ish haqi fondi bir-biridan farq qiladi.
Sanoat-ishlab chiqarish xodimlarining umumiy ish haqi fondi yiriklashtirilgan yoki normativ metodlar bilan hisoblanadi.
Topshiriq. Yangi texnika joriy etilishi munosabati bilan ishchilarning o‗rtacha yillik sonidan, mehnat unumdorligi oshishidan olinadigan va ish haqidan nisbiy tejam hisoblansin.
Masala. Shisha idishdagi konservalarni sterilizatsiya qilishda ularni avtoklav to‗rlariga joylashtiriladi. Keyingi vaqtlarda tubi ko‗tariladigan avtoklav to‗rlari qo‗llana boshladi, bu esa ishchilarning jismoniy mehnatini yengillashtirdi va mehnat unumdorligini oshirdi. Avtoklav to‗rining yangi konstruksiyasi joriy etilganiga qadar ishchilarning kunlik ishlab chiqarish me‘yori 11 ming banka edi 1-58 -250; yangi konstruksiya joriy etilganidan keyin 24 ming bankaga etdi. Bir yilda zavodda 40 tub konserva ishlab chiqariladi. Bu 61520 ming 1-58-250 bankaga to‗g‗ri keladi. Ish vaqti balansi bitta ishchiga yiliga o‗rtacha 241 ish kunini tashkil etadi. Ishchilar ishlab chiqarish me‘yorini o‗rtacha 103,8% ga bajardilar, ish kunining davomiyligi 8 soat. Ko‗rib chiqilayotgan operatsiyada ishni 2- razryad bo‗yicha tariflanadi; soatlik tarif narxi - 550 so‗m. Qo‗shimcha to‗lovlar va mukofotlar tarif ish haqining 25 % miqdorida to‗lanadi, qo‗shimcha ish haqi esa asosiy ish haqining 6, 1% ini tashkil etadi.
Avtoklav to‗rining yangi ko‗rsatkichlari aniqlansin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin