Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
1.14-

1990-yil 
24-martida
bo‘lib o‘tgan 
sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan 
isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy 


26 
etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar 
orasida birinchi bo‘lib 
prezidentlik lavozimi
joriy etildi. Mustaqillikning tayanch 
nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi bilan davlat 
boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladiki
Prezidentlik boshqaruvi shu tizimning o‘zagidir.
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, birinchi kunlaridan boshlab, 
uning boshida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi. Asrlarga teng shu qisqa 
vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda 
o‘rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
hamjamiyatda tutgan o‘rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik 
davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog‘laydilar. 
Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni 
takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi 
mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini 
o‘zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy 
organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish - bu bevosita partiya 
yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni 
yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot 
yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy 
qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachyev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq 
tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi 
respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirilayotgan, kam sonli 
xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita 
boshlagan edi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin