Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
1.14-

mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz 
yoki 850,4 million so‘m kam milliy daromad 
olindi.1989 yilda 
O‘zbekistondagi 
har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan 
kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi
.
Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib 
qoldi. Sovet tuzumining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli 
barbod bo‘ldi. 
Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim 
respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989 yilda 
Toshkent, 
Farg‘ona, Andijonda
ro‘y bergan millatlararo mojarolar, 
Kavkazdagi
qurolli 
to‘qnashuvlar, quvg‘in qilingan xalqlarning noroziliklaridan razilona manfaat 
yo‘lida, respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan hurlik 
ovozini bo‘g‘ish uchun foydalandilar. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan 
deportatsiya
qilingan bir qator xalqlar qatorida 
mesxeti turklari
ham bo‘lib, ular asosan aholi 
zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent 
viloyatlariga joylashtirilgan bo‘lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va 
millatlararo munosabatlarda qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltirgan edi. Bu 
muammoga sovet davlati o‘z vaqtida e’tibor bermadi. 1989- yil 24-mayda Quvasoy 
shahrida yoshlar o‘rtasida (R. Nishonov ta’rificha, «bir banka qulupnoy uchun») 
bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) 
to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. 
Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri 
baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo 
to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. 
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi 
borishlariga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga 
qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin