Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
1.14-

INNOVATSIYA LOYIHALARI
- bunday loyihalarning asosiy maqsadi, yangi 
texnologiyalar, nau-xay va korxonalarning rivojlanishini ta’minlab beruvchi 
boshqa ishlab chiqish va boshqalardan iborat. 
INNOVATSION SIYOSAT
- mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish, barqaror, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va 
darajasini oshirish, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun
innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib shakllantiriladi va amalga 
oshiriladi.
INSON OMILI
-ishlab chiqarish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 
mehnatkashlarning ko‘p qirrali faoliyati inson ishlab chiqarish vositalarini yaratadi 
va jonlantiradi, ularni ishlab chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi, Shu 
bilan bir qatorda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ayni paytda 
inson ishlab chiqaruvchi munosabatlarining va barcha ijtimoiy munosabatlarning 
subyektidir. Ko‘pgina omillar, ayniqsa, fan texnika taraqqiyoti ta’sirida insonning 
o‘zi ham takomillashib boradi va ishlab chiqarishning birdan-bir maqsadi sifatida 
har doim bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. 
INSONPARVARLIK 
– («inson»-arabcha; «parvar»- fors-tojikcha; «lik» - 
o‘zbеkcha – kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm)-odamzodning qadri, uning erkinligi, 
qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-
saodati, tеng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning 
barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. 
IRODA 
– arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy jihatdan xohish, istak, maqsad ma’nolarini 
bildiradi. O‘zini tuta bilishlik, dadillik, qat’iylik, chidam, toqat, izchillik va shu 
kabi fazilatlar irodaning muhim sifatlaridir. 
INSON HUQUQLARI 
- har bir insonning huquqlar va imtiyozlari ta’minlash. 
BMT inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948 - yilda qabul qilingan. U insonlar 
yashash, erkinlik va o‘qish huquqiga ega ekanligini, barcha millatlar teng 
ekanligini va qonun oldida barcha barobar ekanligini e’lon qildi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin