Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
1.14-

KOALITSIYA
– (lot. coalition - ittifoq) – 1) xalqaro munosabatlarning ayrim 
masalalarida birgalikda ish ko‘rish haqida o‘zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy 
yoki harbiy ittifoqi (mas., davlatlarning 2-jahon urushidagi gitlerchilarga qarshi 
koalitsiyasi), 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat 
hukumat tuzish to‘g‘risidagi kelishuvi. 3) 2001 yil 11-sentyabr voqealaridan keyin 
Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiya, unda 
O‘zbekiston Respublikasi ham ishtirok etgan. 
KONSTITUTSIYA
– (lot.constitutio – tuzilish, tuzuk) – davlatning asosiy qonuni. 
U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati 
hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari
shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning 
asosi hisoblanadi. Davlat faoliyatining turli sohalarida Konstitutsiyaga rioya 
qilinishini nazorat etish oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. 
Konstitutsiya atamasi qad.Rimdayoq bor edi(imperator Konstitutsiyasi deb atalgan 
qonun). Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda bo‘lgan 
Konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh – hozirgi zamon 
sharoitlaridan 
keskin 
farq 
qiluvchi 
sharoitlarda 
qabul 
qilingan 
eski 
Konstitutsiyalar. Bu xildagi Konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi
1831 yilgi Belgiya Konstitutsiyasi, 1874 yilgi Shveytsariya Konstitutsiyasi misol 
bo‘la oladi. 2-guruhga XX asrning 2-yarmida qabul qilingan “yangi avlod” 
Konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki Konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar 
institutining; Konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy 


240 
muammolariga 
murojaat 
etish 
mexanizmlarining 
kengayishi 
natijasida 
konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining ko‘payishi bilan farq qiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin