Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149
1.14-

 
2. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati 
 
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda 
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash 
jarayonini tezlashtirib yubordi. 
1991-yilning 31-avgustida, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy 
Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. 
U o‘zining tarixiy 
nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi: «Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar 
yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga 
ishonchini kundan-kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zining, oilasining, bola-
chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu 
istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozliklar ostida ko‘milib ketyapti. 
Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan 
xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti
tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlari talab qilyapti. Bu – 
haqqoniy talabdir.
…O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday Ittifoq bo‘lmasin, kim bilan 
Ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, 
bunga yo‘l ham qo‘ymaydi. Tenglar ichida teng bo‘lish – xalqimizning asriy 
orzusidir».
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» 
hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalari 
ham kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
qonunni qabul qildi. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot 
qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb 
o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin