201
1. 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi,
uning ilmiy-nazariy asoslari va xususiyatlari
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlariga e’tibor bersak,
har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari
bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga
alohida ma’no-mazmun bag‘ishlashga, bu
davrda davlat,
jamiyat hayoti, ijtimoiy-
siyosiy institutlar faoliyatining aniq
yo‘nalishlarini belgilab beradigan ulkan
tarixiy voqealarning guvohi bo‘ladi
46
.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul
qilingan
hamda
izchil
amalga
oshirilayotgan
O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning
beshta
ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
mamlakatimiz hayotida
taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari,
belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng
muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda.
Shu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar
bilan
o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy,
amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, taraqqiyotning yangi davri uchun
mo‘ljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Bu keng
ko‘lamli, noyob hujjat davlatimizning barcha sohalarida yangicha yondashuv va
mezonlarni
joriy etish, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida tashabbuskorlik,
tadbirkorlik, elu yurtimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyat va daxldorlik
tuyg‘usini oshirish, aniq tizim asosidagi samarali faoliyat tartibini joriy etishda
tobora hal qiluvchi ahamiyat kasb etib borayotganini hozirgi kunda yurtimizda va
xorijdagi nufuzli
ekspert va tahlilchilar, jahon siyosat maydonida katta o‘rin
tutadigan atoqli davlat va siyosat arboblari keng e’tirof etishmoqda. Hozirgi vaqtda
davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bosqichlarida tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-
intizom qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon va qaror, joriy etilayotgan
yangilikka ongli munosabat birinchi o‘ringa chiqib, ishchanlik muhiti keng qaror
topib borayotganiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.
Har bir sohada davlat tomonidan belgilab berilgan aniq va samarali tizim va
standartlar asosida ish tutish, masalan, iqtisodiyot sohasini oladigan bo‘lsak,
nafaqat mahsulotlar sifatini, balki shu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan odamlarda
kasbiy rivojlanishning uzluksizligi, ularda o‘z shaxsiy mas’uliyatini doimo chuqur
46
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича
Ҳаракатлар
стратегиясини
«
Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили
»
да амалга оширишга оид
Давлат дастурини ўрганиш бўйича илмий-услубий рисола –Т.: Маънавият, 2017. –Б.5.
202
his etib yashashni ta’minlaydi, bu esa faoliyatda barqarorlik,
izchillik va sifat
omillariga rioya etishni zaruriyatga aylantiradi.
Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida
yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga
ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan
jamoatchilik nazorati
ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning
davlat, jamiyat va o‘z oldida mas’uliyatni to‘la his etib yashashi, so‘zi bilan ishi
bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini
barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi
dastlabki nutq va ma’ruzalaridayoq «
Dostları ilə paylaş: