Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


 O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149
1.14-

4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi 
Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni 
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga 
xos xususiyati bo‘lib qolmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan 
nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib, 
«Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz 
manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. 
Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, 
siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi. 
Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon 
hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, 
do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar 
bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy 
manfaatlariga xizmat qiladi. 
Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro 
valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy 
hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», deb ta’kidlagan. 
O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘zining pragmatik siyosatini davom ettirgan 
holda, o‘z tashabbuslarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bu borada 


194 
xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston xalqaro 
darajada tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etmoqda. Jumladan, «Yoshlar-2020: 
global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi inson 
huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi o‘tkazildi. Unda taniqli xorijiy 
olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro 
migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqalar ishtirok etdi. 
Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik 
tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda. 
Toshkentning 
tashkilotdagi 
yangi 
faol 
kursi 
sharofati 
bilan
2017- yildan buyon O‘zbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, 
ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada 
mustahkamlashga yo‘naltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi. 
O‘zbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorga 
aylandi. SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yo‘l 
ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» 
xalqaro turizm universitetini tashkil etildi. 
YUNESKO 
bilan 
hamkorlik 
faollashdi, 
Toshkent 
«Ta’limni 
rag‘batlantiradigan shaharlar«» xalqaro tizimiga kiritildi. 
O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida YUNESKOning «Dinlar tarixini 
o‘rganish» kafedrasi faoliyati tiklandi. 
O‘zbekiston 2019-yil 15-oktyabrda Bakuda o‘tgan sammitda O‘zbekiston 
Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining teng huquqli a’zosiga aylandi.
O‘zbekiston o‘tgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida 
qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri «Turkiy 
dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilindi, TDHKning COVID-19 
pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport 
sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi.
Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo, 
balki Kavkaz va Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy 
aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur 
mintaqalar transport-logistika yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash uchun yangi 
istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga 
mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya 
qilish imkoni yaratilmoqda. 
Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti(TYURKSOY) Xiva shahrini Turkiy 
dunyoning madaniy poytaxti, Islom hamkorlik tashkiloti esa Buxoro shahrini islom 
olamining madaniy poytaxti deb e’lon qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy 
sammitida 2021-yil 31-mart kuni ishtirok etar ekan, davlatimiz rahbari diniy –
axloqiy qarashlari bilan mintaqamizda ulkan e’tibor qozongan hazrat Yassaviyga 
sohibqiron Amir Temur ixlos qo‘ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston
shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi. Bugungi kunda Ahmad 
Yassaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlarimiz uchun tabarruk qadamjo 
hisoblanadi. Prezident ushbu sammitda bir necha takliflarni ilgari surdi: 


195 
-Koronavirus pandemiya ta’siri davom etayotgan global inqirozning salbiy 
oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida kengashning yaqin va o‘rta 
istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik stratergiyasini ishlab chiqish; 
-Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va 
yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish; 
-Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini 
tashkil etish; 
-Markaziy Osiyo hududida transport yo‘laklarini rivojlantirish va logistika 
infratuzilmasini kengaytirish; 
-Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab 
«Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish; 
-Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy 
dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, fan, 
ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini 
mustahkamlash yo‘lidagi sa’y –harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida Turkiy 
kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish kabi 
ushbu takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlandi 
O‘zining qadimgi madaniyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan 
hissasini inobatga olib, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham faol 
hamkorlik qilinmoqda. 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida 
o‘tkazilgan IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida a’zo 
davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatni yanada rivojlantirish 
bo‘yicha amaliy tashabbuslarini olqishladi.
Respublika rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida dunyoda yagona 
Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi.
So‘nggi uch yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi 
integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 
MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40 
dan ortig‘ida ishtirok etmoqda. So‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston MDH 
Iqtisodiy kengashi, Hamdo‘stlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta 
sohaviy organiga qo‘shildi. 
2020 - yilda O‘zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba 
Hamdo‘stlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani 
ko‘p narsadan dalolat beradi. 
Zamonaviy O‘zbekiston tashqi siyosati xalqaro aloqalarning to‘laqonli 
subyekti sifatidagi roli va o‘rnini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar 
qatoriga kirish, respublika atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik 
doirasini 
shakllantirishga 
qaratilgan. 
Shavkat 
Mirziyoyev 
BMT 
Bosh 
Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘z tashqi siyosatida 
O‘zbekiston Markaziy Osiyoga asosiy e’tiborini qaratadi. 
Ta’kidlash lozimki, so‘nggi to‘rt yilda mintaqaning barcha mamlakatlari 
bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlari 
yetakchilari o‘rtasidagi siyosiy muloqot o‘zaro ishonchga asoslangan muntazamlik 
va doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini 
qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog‘liqni 


196 
saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim 
qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda. 
Natijada tarixan qisqa vaqtda O‘zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar 
bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq va 
ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qo‘shnilar 
bilan munosabatlarda 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab 
muammolarga 
yechim 
topildi. 
Prezidentlar 
o‘rtasidagi o‘zaro ishonch 
mustahkamlandi. 
2018-yil 22-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh 
Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil 
taraqqiyotni 
ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni 
mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi. 
2018-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi
bilan Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi konsultativ 
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus an’anaga aylangan holda 2019-yil
29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 
navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammitda prezidentlar umumiy muammolarni hal etish va mintaqada 
hamkorlikka oid dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy muloqot 
maydoni sifatida keyinchalik ham maslahat uchrashuvlarini uyushtirishga kelishib 
olishdi. 
Maslahat uchrashuvi arafasida Toshkentda muhim ko‘p tomonlama tadbirlar 
bo‘lib o‘tdi: mintaqadagi beshta mamlakat bosh vazirlari, va 200 dan ortiq davlat 
organlari va ishbilarmonlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi, 
«Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: yangi tahdid va imkoniyatlar» mavzusida 
xalqaro anjuman, unda 30 mamlakatdan siyosatshunoslar va rasmiy vakillar 
ishtirok etdi. 
2019-yilda o‘zbek diplomatiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 
mintaqa uchun muhim bo‘lgan ikkita yangi rezolyutsiya qabul qilinishini
ta’minladi - «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish» hamda 
«Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon 
qilish». 
Shuningdek, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat ishlab 
chiqarishi sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. 2019-yil yakuniga 
ko‘ra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga ko‘tarildi. 
Pandemiya 
sharoitiga 
qaramay, 
2020-yilning 
birinchi 
yarmida 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy 
hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi. 
Qozog‘iston bilan davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari 
yakunlangan bo‘lsa, Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foiz, Tojikiston bilan 99,9 
foiz uchastkasi kelishilgan. 
Butun dunyo 2020-yil Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekdi. 
Koranavirus pandemiyasi davrida ham hamkorlikni rivojlantirish davlat e’tiborida 
bo‘ldi. Karonavirusga qarshi kurash, uning oldini olish hamda mamlakat 
iqtisodiyotiga salbiy ta’siri kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida 


197 
O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob uskunalar keltirildi. 
Shu bilan birga, 9 ta mamlakatga O‘zbekistonning gumanitar yuklari 
yetkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, 
Tojikiston, Afg‘oniston). 
Xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi 13, mlrd. AQSH dollarni 
tashkil etdi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 
umumiy investitsiyadagi ulushi 37 % ga yetkazildi (2018-yildi bu ko‘rsatkich 10,5 
% ni tashkil etgan). O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar 
soni 50 tadan ortdi. 
Hududiy ahamiyatga ega bulgan loyihalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar oqimining o‘sish sur’ati 4,8 mlrd. AQSh dollarni 
(shundan asosiy kapitalda - 4,2 mlrd. AQSH dollar) tashkil etib, 2018 yilga 
nisbatan 4 baravar, 2017 yilga nisbatan 24 baravar ko‘paydi. Fakat xorijiy kapital 
ishtirokida hududlarda umumiy qiymati 858,5 mln. AQSH dollarga teng 167 ta 
loyiha foydalanishga topshirildi. 
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd. AQSH dollariga yetib, 
2018 -yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2% ga oshishi ta’minlandi. 
Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. 
Bugungi kunda ham ushbu jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zbekiston 
Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol 
ishtirok etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi 
bilan dunyo miqyosidagi ushbu o‘tkir muammoni xalqaro hamjamiyat kun 
tartibiga qayta kiritishga erishildi. 
2018-yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori 
darajali xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Afg‘oniston Prezidenti 
Ashraf G‘ani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy 
vakili Federika Mogerini, BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar vakillari 
ishtirok etdi. Afg‘oniston muammosini hal qilishga bag‘ishlangan bunday keng 
qamrovli forum birinchi marta ana shunday yuqori darajada o‘tkazildi. 
Toshkent konferensiyasi va, umuman, O‘zbekistonning Afg‘onistonga 
nisbatan siyosati afg‘on mojarosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning 
faollashishiga, tinchlik jarayonini ilgari surishga qaratilgan mintaqaviy savdo-
iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga ushbu mamlakatni jalb qilishga olib keldi 
Bugungi kunda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash 
borasida ham samarali ishlar qilinmoqda: 
– «Xalqaro baxshichilik san’at festivali» (5-10 aprel, Termiz shahri), «Sharq 
taronalari» (20-26 avgust, Samarqand shahri) va «Birinchi xalqaro amaliy san’at» 
(10-15 sentyabr, Qo‘qon shahri) festivallari o‘tkazildi; 
– Milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining rolini, shuningdek, 
ularning jamoatchilik hayotidagi ishtirokini yanada oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlandi; 
– Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar ekspertlari va olimlari ishtirokida 
«Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 


198 
Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligini 
mustahkamlash, madaniy-gumanitar sohada almashinuvni kengaytirish, ikki 
tomonlama aloqalarni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi rolini kuchaytirish, 
xalq diplomatiyasini amalga oshirishda milliy madaniy markazlar va do‘stlik 
jamiyatlarining ahamiyati va ular oldida turgan vazifalar va boshqa dolzarb 
masalalar muhokama qilindi. 
2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun «Umra» ziyoratlari 
kvotasi bekor qilindi. Bugungi kunga kelib «Umra» qiluvchi fuqarolar soni 30 000 
ga yetdi, «Haj» esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi. 
2019-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda «Bag‘rikenglik haftaligi» 
doirasida «Xalqaro bag‘rikenglik kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar majmuasi bo‘lib 
o‘tdi. 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-
tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib 
chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga 
qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “Jaholatga 
qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oyaga asoslangan. 
Mamlakatda «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan g‘oya asosida Islom dinining 
asl insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini 
hamda yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosini dunyo hamjamiyatiga etkazish 
maqsadida 2020-yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida Imom Abu Mansur 
Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, ushbu 
ta’limotning bugungi kundagi ahamiyati muhokamasiga bag‘ishlangan “Imom 
Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro 
konferensiya tashkil etildi. 
Ushbu tadbirda 15 ta davlatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, 
moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. 
Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, sho‘ba yig‘ilishlarida 32 ta ma’ruza tinglandi. 
Shu bilan birga, Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini 
yangi loyiha asosida qayta barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 
farmoyishi qabul qilindi. 
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 
ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon 
tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 
1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston 
konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Xalqaro 
diniy 
erkinlik 
bo‘yicha AQSH komissiyasi (USCIRF) 
O‘zbekistonni «Alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. 
Komissiya hisobotida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda diniy sohada amalga 
oshirilgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani 
alohida qayd etildi. 
Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash sohasida esa O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Inson 
huquqlari 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasining Milliy strategiyasi»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul 
qilindi. 


199 
Hujjat bilan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy 
strategiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy 
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi», BMTning inson huquqlari 
bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini 
ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro 
hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
– 2019- yilda mamlakat Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra 2 ta – «Mehr» va
«Mehr-2» insonparvarlik aksiyalari o‘tkazilib, ular doirasida 261 nafar O‘zbekiston 
fuqarosi – asosan xotin-qizlar va bolalar Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi qurolli 
mojarolar kechayotgan hududlardan o‘z vataniga qaytarildi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati natijasida: 
-Markaziy Osiyo bilan muloqotimiz jadallashdi, munosabatlarimiz sifat 
nuqtayi nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi, yangi siyosiy muhit yaratildi; 
-o‘zaro ishonch va hurmat sezilarli kuchaydi; 
-iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi; 
-mamlakatlar hamkorligi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etildi; 
-mintaqa sokinlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga 
aylandi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,
 
bugungi kunda O‘zbekiston 
Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar 
o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 ta 
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va 
hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo 
vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Xorijiy 
mamlakatlarda 
va 
xalqaro 
tashkilotlarda 
O‘zbekiston 
Respublikasining 47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. 
O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz 
turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik 
aloqalarini rivojlantiradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin