209
holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy rivojlantirish
choralarini ko‘rish belgilangan.
To‘rtinchi yo‘nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan
. Bunda aholi bandligi va uning real
daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun
yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish
nazarda tutilgan edi. Aholining ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida
ahamiyat berilgan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot
sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va
munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga
erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib belgilanganligi e’tiborga
sazovordir.
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol,
yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi.
Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun chorlar bilan takomillashtirishni
taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: