Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


davlat boshqaruvi sifati, aholining



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
1.14-

davlat boshqaruvi sifati, aholining 
turmush darajasi

tadbirkorlik faoliyati 
va xorijiy investorlar uchun qulay 
muhit, barqaror iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni baholaydi. Bularning 
barchasi esa aholini rozi qilishni anglatadi. 
Yuqoridagilarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
maydondagi mavqeini yanada yuksaltirish, 
aholi farovonligiga erishish 
uchun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirlik va 
idoralar (keyingi o‘rinlarda mutasaddi davlat organlari deb yuritiladi) 
faoliyatining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida «
O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda 
davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi 
mexanizmini joriy etish» borasidagi hujjat qabul qilindi. 
O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda o‘z 
pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish uchun harakati boshlandi.
Hujjatni ishlab chiquvchilar mamlakatimiz o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash 
niyatida bo‘lgan xalqaro reytinglar va indekslarni tasnifladilar. Ularni shartli 
ravishda uchta: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy blokka ajratdilar.
Shundan kelib chiqqan holda ularning har biriga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo
u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalashi, uni tuzish uslubiyati (ya’ni qanday 
mezonlar baholanishi), O‘zbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaxshilash 
bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi ko’rib chiqiladi. 
I. Iqtisodiy blok
a) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) kredit 
reytingi
. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a’zosi hisoblanadi. Tashkilot byudjeti – 
374 mln yevro.
1997-yilda rasman qo‘llab-quvvatlanadigan eksport kreditlari bo‘yicha 
kelishuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) ishtirokchilari 
mamlakatlarning kredit xatarini baholash uslubiyatini ishlab chiqib, davlatlarni 
ushbu uslubiyat bo‘yicha tasnifladilar. Uning xususiyati shundaki, ushbu 
tasnif
 
faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oshiriladigan 
tranzaksiyalar 
uchun 
haqning 
eng 
kam 
stavkalarini 
aniqlash 
maqsadida
 
qo‘llaniladi.
Shu sababli ikkita guruhdagi davlatlar umuman hech qanday jihatdan 
tasniflanmaydi. Birinchisi – juda kichik, odatda orol davlatlar bo‘lib, ular qoida 
tariqasida IHTTdan rasman moliyaviy ko‘mak olmaydilar (
masalan, Kiribati, 


221 
Mikroneziya, Nauru, Marshall orollari va h.k.
). Ikkinchisiga IHTTga a’zo 
mamlakatlar va Yevrohududdagi iqtisodiy rivojlangan, bunday yordamga muhtoj 
bo‘lmay, balki aksincha, o‘zlari moliyaviy donor bo‘lib chiqadigan boshqa 
mamlakatlar kiradi.
Qolgan barcha mamlakatlar turli iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
baholanadi (odatda XVF indikatorlari asos sifatida olinadi) va sakkizta guruhdan 
biriga kiritiladi. «0» guruhida bo‘lgan mamlakatlar – moliyaviy jihatdan eng 
farovon, oxirgi «7» guruhida esa iqtisodiy ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan 
davlatlar joylashgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra MDH mamlakatlari IHTT kredit reytingida 
quyidagicha joylashgan: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin