Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


Harakatlar strategiyasining ilmiy-nazariy asoslari va xususiyatlari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
1.14-

Harakatlar strategiyasining ilmiy-nazariy asoslari va xususiyatlari
1. Harakatlar strategiyasi xalqchillik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va 
ezgulik g‘oyalariga tayanadi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni baholash 
va ularga yondashishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining ustuvor 
ahamiyatga ega ekani haqidagi nazariyaga asoslanadi. 
Ma’lumki, dunyoda azaldan ikki omil kurashi, ya’ni 
kuchni hurmat qilish 
madaniyati 
hamda 
mehrni, yaxshilikni hurmat qilish madaniyati 
o‘rtasida tortishuv 
davom etib keladi. 
2. Kuchni hurmat qiladigan madaniyat nazariyotchilari 
«maqsadga erishish 
uchun har qanday vositadan foydalanish mumkin, chunki natija vositani 
oqlaydi» 
degan tamoyil asosida ish tutsa, mehrni hurmat qilish madaniyati 
tarafdorlari esa
 
natijaga faqat to‘g‘rilik, haq-haqiqat va haqqoniylik orqali
erishishni 
talab etadi. O‘zbekiston tazyiq o‘tkazuvchi kuchni, zo‘ravonlikni emas, o‘zaro 
hurmat, mehr va do‘stlikni hurmat qiladigan, qadrlaydigan mamlakatdir. 
Harakatlar strategiyasining asosiy nazariy asosi do‘stlik, tinchlik va hamkorlikni, 
qo‘shni davlatlar bilan raqobatga kirishish emas, balki yaqin do‘st va hamkor 
bo‘lib, umumiy muammolarni birgalikda samarali hal etishni tashqi siyosatning 
ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganida namoyon bo‘ladi. 
 
3. Tarixni yaratuvchi kuch alohida aholi qatlami, ma’lum bir partiya yoki 
atoqli arboblar, alohida shaxslar emas, balki xalq ekani Harakatlar strategiyasi 
uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarix xalq va uning faol, fidoiy 
vakillarining mehnati, sa’y-harakatlari, ularning shu yo‘lga baxshida umri 
natijasida yaratiladi. Shu boisdan ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, jadid 
bobolarimiz, F.Xo‘jayev, A.Ikromov, Sh.Rashidov, I.Karimov singari yurtimiz 
mustaqilligi va ravnaqi uchun kurashgan tarixiy shaxslar hamda mustaqillikni 
qo‘lga kiritish va uni mustahkamlash yo‘lida o‘zini ayamasdan mehnat qilgan 
minglab zahmatkash insonlar, ishlab chiqarish sohasi xodimlari, olimlar, 
yozuvchilar, rahbarlarning mehnatiga munosib hurmat va e’zoz ko‘rsatilmoqda. 
4. Harakatlar strategiyasi hayotga qat’iy ishonch va pozitiv qarash 
nazariyasini ham taqozo etadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Richard Vaysman va boshqalar o‘z asarlarida kelajakka yaxshilik nazari bilan 
qarash, hayotga shukronalik bilan yondashuv barqaror ijtimoiy taraqqiyotni 
ta’minlashga xizmat qilishini, odamlarning baxtli hayotini yuzaga keltirishi, 
ta’minlashi va kafolatlashini nazariy asoslab berishgan va ana shunday dorilamon 
zamon kelishini orzu qilishgan. 
5. Harakatlar strategiyasi matniqan puxta asoslangan hujjat sifatida hayotga 


204 
pragmatik yondaShuv nazariyasiga tayanadi. Pragmatik yondashuv ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni aniq ijtimoiy manfaat va foydani ko‘zlab, oqilona va 
natijadorlik tamoyillari negizida boshqarishning amaliyotga joriy etilishida 
namoyon bo‘ladi. 
6. Ma’rifatning yaratuvchanlik kuchini har bir soha, kasb hamda shaxslar 
faoliyatida ro‘yobga chiqarish amaliyoti va nazariyasi Harakatlar strategiyasining 
ustuvor yo‘nalishlarida asoslandi va hayotning deyarli barcha jabhalariga keng 
joriy etilmoqda va bu nazariya o‘zining real samarasini bermoqda. 
7. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga previntiv yondashuv nazariyasi bugungi 
kunda boshqaruv jarayonida real amal qila boshladi. Bunday yondashuv yuz 
berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishning maqbul yo‘li sifatida 
tinchlikni saqlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, farzandlar tarbiyasida, 
ularning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan asrashda hushyor va ogoh bo‘lish 
sohalarida profilaktik yondashuv sifatida namoyon bo‘lmoqda. 
8. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni adolat va faqat xalq manfaatlarini 
hisobga olgan holda amalga oshirish nazariyasi Harakatlar strategiyasida ilk bor 
davlatning ustuvor va davomli, ochiq siyosati sifatida amal qila boshladi. Adolat 
tamoyili davlat va jamiyatning barcha sohalarida ustuvor ijtimoiy-ma’naviy asos 
va harakatlantiruvchi kuch sifatida tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. 
9. Davlat manfaatlariga nisbatan xalq va inson manfaatlarining ustuvor ekani 
bilan bog‘liq nazariyaning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat 
dasturining mohiyatini ifoda etadigan «Inson manfaatlari har har narsadan ulug‘» 
degan g‘oya asosida amalda namoyon bo‘layotgani ahamiyatlidir. 
10. Davlat va jamiyat boshqaruvida kompromiss emas, ya’ni yon bosish 
balki konsensus, ya’ni kelishish nazariyasiga tayanilmoqda. Ijtimoiy 
munosabatlarda konsensus, ya’ni hamjihatlik, yakdillik nazariyasi odamlarning 
ko‘tarinki ruhiyatini ta’minlaydigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni barcha oila, 
mahalla, korxona va tashkilotlarda shakllantirish talabi sifatida maydonga chiq- 
moqda va bu talab keng ko‘lamli ijtimoiy harakatga aylanmoqda. 
11. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish faqat navqiron avlod kuchiga 
emas, balki o‘rta hamda katta avlod kuchi va salohiyatiga bab-barobar tayanish, 
avlodlararo yakdillikni ta’minlashni taqozo etadi. Aholi turli qatlamlari, xususan, 
katta avlod vakillari va yoshlar o‘rtasida ma’naviyat, odob-axloq, ijtimoiy ideallar 
talqini, Vatanimiz taqdiri va istiqboli masalalarida o‘zaro tushunish, avlodlararo 
vorisiylik 
munosabatlarining 
amal 
qilishi 
nazariyasiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
12. 
Ijtimoiy 
jarayonlarni 
o‘zaro 
hamkorlik 
asosida 
maqsadli 
optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi keng qo‘llanmoqda. 
Sinergetikani hamma sohaga nisbatan keng qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Masalan, jamiyatda sinergetika o‘zini o‘zi eng maqbul tashkil etish imkoniyati 
sifatida turli muassasa va sohalararo hamkorlik tarzida ham amal qilmoqda.
13. Harakatlar strategiyasining eng muhim jihatlaridan biri shuki, undagi 
besh asosiy ustuvor yo‘nalishning hech biriga alohida nazar, ayricha ehtirom bilan 
qaralmaydi. Avval iqtisodiy jihatdan rivojlanib olaylik, huquqiy masalalarni keyin 
ko‘ramiz, qabilidagi nomutanosiblikka aslo o‘rin yo‘q bu hujjatda. Har beshta 


205 
yo‘nalish o‘zaro uyg‘un va hamohang tarzda, bir-birini qo‘lab-quvvatlagan holda 
rivojlanadi
47


Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin