Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   149
1.14-

MADANIY MEROS
- o‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy 
madaniyat boyliklari mavjud. 
MADANIYAT
– (arabcha «madina» - so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi shahar 
dеgani. «Madaniyat» shahar turmush tarzini bildiradi. Shahar aholisining turmush 
tarzi patriarxal, qabilaviy hayot kеchirayotgan badaviy arablar umrguzoronligidan 
yuqori bo‘lgani bois madaniyat yuqori saviyadagi hayotni bildiradi. Madaniyatning 
yuqori darajasi “tamaddun” – sivilizatsiyani bildiradi.
MAFKURA 
– (arabcha «mafkura) – fikrlar, nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi, 
majmui) muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy 
asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, 
go‘zallikka doir, badiiy qarashlarning butun bir tizimi. 
 MA’NAVIYAT
– (arabcha «ma’naviyat»-ma’nolar majmui)-kishilarning falsafiy, 
huquqiy, estеtik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. 
Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqazo 
etadi. 
 MILLAT – 
(arabcha «millat» - xalq) – kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, 
yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kеchirishi, umumiy 
madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi. 
MILLIY ONG – 
har bir millat yoki elatning bеvosita uzoq tarixiy etnogеnеz 
davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, 
boshqa xalqlarning bеvosita ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. 
MILLIY O‘Z - O‘ZINI ANGLASH - 
har bir millat (elat)ning o‘zini haqiqiy 
mavjud subyеkt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligini, 
yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar 
hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yеtishiga milliy o‘z-o‘zini anglash 
dеyiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin