36
yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» -
qabilidagi savollar paydo bo‘lgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston
uchun
o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun
o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘z navbatida
bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat,
odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi,
jumladan,
diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da,
O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda
rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali
tomonlarini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va
an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon
va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan
holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini
tanlab olishga
kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning
yangi
jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi
sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini
vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha
toifalarini yagona maqsad
atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining
tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shunday paytda o‘zining
qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga
tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I.Karimov respublika rahbarligiga
(1989-yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida
jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib,
O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining
tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari,
siyosati
yangilanayotgan
jamiyatga
mos
bo‘lmayotgan
O‘zbekiston
Kompartiyasining Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-
sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy
idoralar
qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarning tikla-
na boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini
ko‘rsatar edi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq
oldidagi mas’uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq bo‘lmagan holda,
butun muammolarni o‘zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib,
faoliyat ko‘rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida
uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi
mazmun kasb eta bordi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat
Prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan
manfaatini nazarda tutib faoliyat ko‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-
37
yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 1X sessiyasida shunday degan edi:
«Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning
munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar
bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni kutyapti.
O‘tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan
biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan
bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni o‘z homiyligiga
olishi kerak. Bular - ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar...
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi».
Dostları ilə paylaş: