Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


 O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi va hayotga



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
1.14-

 
3. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi va hayotga 
tatbiq etilishi 
 
Prezident Oliy Kengashning IX sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan 
davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Millatlararo 
munosabatlarni barqarorlashtirish, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy 
yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga 
katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini alohida 
ta’kidladi. 
Tabiiyki, ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy 
yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday 
yondashish - mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish
qonun ustuvorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni 
ta’minlashda muhim omil bo‘ldi. 
Davlat O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan
o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. 
Ayni chog‘da 90-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida 
amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda 
soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion 
yo‘l bilan dinamik taraqqiyot yo‘liga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy 
mazmun va mohiyatidir, - degan xulosaga keldi. 
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashashga odatlangan
to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko‘maklashgan. 
Kattalani hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, 
millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik, o‘zgalarga yordam tuyg‘usi o‘zbek 
xalqiga tarixan xosdir. 
Shuning uchun ham I.Karimov 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Oliy 
Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo‘llari va muammolari» mavzusida nutq 
so‘zlar ekan, 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin