Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/6
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#56413
1   2   3   4   5   6
MALOXAT OPA KURS LOYIHA

II. Nazariy qism

2.1Issiqlik almashinish jarayonlari haqida tushuncha.

Temperaturasi yuqori boʻlgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning oʻz - oʻzidan, qaytmas oʻtish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.

Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali boʻlgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga oʻtadi.

Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi boʻlib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.

Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi - eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi.

Issiqlik oʻtkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan.

Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensatsiyalash, bugʻlanish va bugʻlatishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi.

Maʼlumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. oʻz issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa-sovuqlik eltkich deb ataladi.

Temperaturasi turli boʻlgan muhitlar orasida issikdik oʻtkazish turgʻun va noturgʻun sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Turgʻun jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi. Noturgʻun jarayonlarda esa, vaqt oʻtishi bilan temperatura oʻzgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turgʻun boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa - jarayonlar noturgʻun boʻladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va toʻxtatish, hamda ish rejimlari oʻzgargan hollarda noturgʻun jarayonlar sodir boʻladi. Issiqdik oʻtkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari boʻlib, oʻrtacha temperaturalar farqi, issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti va uzatilayotgan issiqdik miqdorlari hisoblanadi.

Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli boʻlishi, qurilmalarini yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, gʻovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qoʻllanish sohalari kabi koʻrsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak.

Issiqlik asosan 3 usulda uzatilishi mumkin: issiqlik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va issiqlik nurlanishi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin