Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/6
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#56413
  1   2   3   4   5   6
MALOXAT OPA KURS LOYIHA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA»fakulteti

«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi



«Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari» fanidan

« Zmevikli issiqlik almashinish qurilmasi» mavzusida

KURS LOYIHASI

Bajardi:

Qabul qildi:

Toshkent – 2022

Mundarija

I. Kirish…………………………………………………………………………….3

II. Nazariy qism.

2.1 Issiqlik almashinish jarayonlari haqida tushuncha.............................................6

2.2 Issiqlik balansi.....................................................................................................7

2.3 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash...........................................................7

2.4 Issiqlik almashinish qurilmalari...........................................................................10

III. Hisob qismi.

3.1 Kurs loyihasining topshirigʻi................................................................................17

3.2 Fizik parametrlarning aniqlanishi.........................................................................17

3.3 Issiqlik balansi......................................................................................................17

3.4 Issiqlik almashinish qurilmasining harakatlantiruvchi kuchini yoki temperaturalar farqini topish...............................................................................................................17

3.5Gidravlik hisob......................................................................................................19

3.6Mexanik hisob.......................................................................................................20

Xulosa..........................................................................................................................21

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..............................................................................22



Kirish

Hozirgi paytda kimyo, neft-kimyo sanoati yurtimizda jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Davlatimiz tomonidan ham buning uchun koʻplab farmonlar chiqarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan "O‘zkimyosanoat" AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi:azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;

“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrosellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;a

“O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish;kimyo tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash.



Davlat rahbari bu loyihalar tarmoqdagi ulkan imkoniyatlarga nisbatan yetarli emasligini, investitsiya jalb etib, mahsulotlarni ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi.

2022-yilda ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga, eksportni 380 million dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sohani raqamlashtirish, korxonalarda operatsion xarajatlar va energiya sarfini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish vazifasi qo‘yildi.

Qayd etilganidek, umumiy qiymati 740 million dollarlik 4 ta yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlanadi. Shuningdek, 2022-yilda suyuq kompleks o‘g‘itlar, karbamid formaldegid smolasi, gidroksipropil-metilsellyuloza, kalsiy xlorid kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mutasaddilarga ushbu loyihalar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Korxonalarni transformatsiya qilish, ularga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv tizimini joriy etish ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Yangi korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash ham muhim masala. Shu maqsadda kelgusi yilda 6 ming nafar oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash mo‘ljallangan. Tarmoqdagi 6 ta korxona negizida o‘quv markazlari hamda Chirchiq shahrida ishchi-mutaxassislar tayyorlash majmuasini ishga tushirish belgilangan.

Mutaxassislarni kimyo sanoatining bugungi rivoji va ish beruvchining talablari asosida tayyorlash muhimligi ta’kidlandi


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin