Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə4/6
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#56413
1   2   3   4   5   6
MALOXAT OPA KURS LOYIHA

2.3 Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlash.

Issiqlik almashinish qurilmalarining konstruksiyasini tanlashda quyidagilarni inobatga olish kerak: qurilma texnologik jarayonga mos boʻlishi zarur; yuqori samarali, tejamkor va ishlash paytida ishonchli, hamda metall sarfi kam boʻlishi zarur; ishchi muhitlarda qurilma materiali yemirilishga bardoshli boʻlish kerak.

Issiqlik eltkichlar qurilma orqali katta tezlikda oʻtsa, issiqlik oʻtkazish koeffitsiyentining yuqori qiymatlariga erishsa boʻladi. Bunday yuqori qiymatlarni olish uchun issiqlik almashinish yuzasi toza boʻlishi kerak.

Agar, suyuqliklar birortasining tezligi oshirilsa, ikkinchi suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsiyenti koʻpayadi. Lekin, issiqlik oʻtkazish koeffitsiyentining sezilarli darajada koʻpayishi uchun devor va undagi iflosliklarning termik qarshiligi kichik boʻlishi kerak. Masalan, agar trubalararo boʻshliqdagi issiqlik berish koeffitsiyenti trubalar boʻshligʻinikidan juda past boʻlsa, trubalar ichida oqayotgan suyuqlik tezligining oʻsishi issiqlik oʻtkazish koeffitsiyentiga uncha taʼsir qilmaydi. Bu holda trubalararo boʻshliqdagi issiqlik berish koeffitsiyentini oshirish zarur, yaʼni u yerga segment toʻsiqlar oʻrnatish maqsadga muvofiqdir.

Qaysi muhitni truba ichiga, qaysi birini trubalararo boʻshliqqa yoʻnaltirish muammosini hal etishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

- yuqori issiqlik oʻtkazish koeffitsiyentiga erishish uchun issiqlik berish koeffitsiyenti kichik boʻlgan muhitni truba ichiga yoʻnaltirish zarur;

- kimyoviy faol, korrozion muhitlarni truba ichiga yuborish zarur, chunki bunda faqat truba, teshikli panjara va qopqoqlar tegishli legirlangan metalldan yasaladi, yaʼni qobiq, segment toʻsiq va boshqalar oddiy, uglerodli poʻlatdan tayyorlanishi mumkin;

- atrof muhitga issiqlik yoʻqotilishini kamaytirish uchun temperaturasi yuqori muhitni truba ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir;

- choʻkma hosil qiladigan muhitlarni trubalar yuzasi oson tozalanadigan boʻshliqqa yoʻnaltirish tavsiya etiladi;

- bosimi yuqori boʻlgan muhitni truba ichiga yoʻnaltirish zarur, chunki qobiqdan koʻra trubalar bosimni yaxshi ushlaydi.

Issiqlik almashinish qurilmasining konstruksiyasi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida tanlanadi. Bunda, tayyorlash uchun ketgan asosiy (kapital) va yillik ekspluatatsion sarflar taqqoslanadi. Ayrim hollarda, ekspluatatsion sarflar tejalishi hisobiga sarflar tez qoplansa, asosiy sarflarni koʻpaytirish ham mumkin.

Texnologik jarayonlar uchun issiqlik almashinish qurilmasi loyihalanayotganida, hisoblashning asosiy maqsadi, qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi va gabarit oʻlchamlarini aniqlashdir.

Hisoblash, birinchi navbatda qurilmaning issiqlik balansini tuzishdan boshlanadi. Soʻng, issiqlik balansidan uzatilgan issiqlik miqdori topiladi. Masalan, suv bugʻi yordamida biror muhit tbdan tox temperaturagacha isitilayotgan boʻlsa, issiqlik balans ushbu koʻrinishda yoziladi (1-rasm).





1-rasm. Moddiy balans tuzishga oid.

Bu yerda- D=Q/(i -i) isituvchi bugʻ sarfi.

Issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti ushbu formuladan hisoblanadi:



bu yerda va issiqlik berish koefitsiyentlari tegishli kriterial tenglamalardan aniqlanadi.

Jarayonni oʻrtacha harakatga keltiruvchi kuchi quyidagi tenglamalardan topiladi:

yoki

Issiqlik almashinish yuzasi issiqlik oʻtkazishning asosiy tenglamasidan aniqlanadi:



Isitkichdagi trubalar sonini esa, ushbu tenglamadan aniqlash mumkin:






Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin