Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə19/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

4. BITIRUV OLDI AMALIYOTI


4.1. Amaliyotning maqsad va vazifalari
Bitiruv oldi amaliyoti bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishini tayyorlashdan oldin amalga oshiriladigan so’nggi amaliyot shakli hisoblanadi. Ushbu amaliyotning muhimligi barcha olingan mutaxassislik va ixtisoslik fanlarini amaliy mustahkamlash, talabaning keyingi bosqich, ya’ni ishlab chiqarishga tayyorlash hamda bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun kerakli tadqiqotlar o’tkazishni o’z ichiga oladi. Bitiruv oldi amaliyoti kadr sifatida yetishgan talabaning amaliyot bo’yicha barcha savollariga javob topishga, uning kelajakdagi rejalarini puxta o’ylashga hamda ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishishga imkon beradi.
Bitiruv oldi amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U 5320300 – «TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR » (tarmoqlar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 4-kurs 8-semestri davomida o’tkaziladi.
Amaliyotga talaba o’quv rejasiga binoan 4 haftaga ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi :
1. Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi-bevosita ishchi joylarda mashina va jixozlarni o‘rganish talabalarning o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash va injenerlik qobiliyatlarini shakllantirish.
2. Yangi texnologik jarayonlarni qo‘llanilayotgan mashina va jixozlarni o‘rganish, ularning avtomatizaцiyalash va kompleks mexanizaцiyalash usullari bilan tanishish.
3. Ishlab chiqarish korxonasi ilmiy tadqiqot yoki loyixalash muassasasining tashkilish tuzilishi, faoliyati, turli bo‘limlarning aloqalari va xizmat bo‘yicha karamdagi bog‘liqligi bilan tanishish.
4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy masalalarini va mexnatni ilmiy tao‘kil etishni analiz qilish, qo‘llanilaёtgan va yangi loyixalanayotgan texnologik jaraёnlarni texnikaviy va iqtisodiy taxlil qilish.
Bitiruv oldi amaliyoti bitiruv ishining mavzusini aniqlashga va bitiruv ishini xozirgi zamon talablari darajasida bajarishni ta’minlovchi birlamchi ma’lumotlarni to‘plashga xizmat qilish kerak. Amaliyot paytida talaba asosiy e’tiborni texnik xujjatlar bilan tanishishga va bitiruv ishini bajarish uchun kerakli materiallarni to‘plashga qaratishi kerak.
Bu borada:
a) loyixalanayotgan mashina va jixozlarga turdosh bo‘lgan mashina va jixozlarning umumiy ko‘rinishlari va qismlar chizmalar bilan tanishish.
b) mashina va jixozlarni texnik xisoblar bilan tanishish, xisoblash jaraёnida ishlatiladigan adabiёtlarni aniqlash va ularni referat shaklida o‘rganish.
v) korxonaning rejalashtirish bo‘limida mashina va jixozlarning xamda chiqarilaeyotgan maxsulot tannarxini aniqlovchi kalkulyasiyalar bilan tanishish.
g) mashina va jixozlarni ishlatish va ta’mirlash sistemalari bilan tanishish, ishlatish jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga tabiat va atrof-muxitni muxofaza qilish masalalariga e’tibor berish.
d) maxsulot etishtirish texnologik jaraёnini o‘rganish va taxlil etish, avtomatizasiyalash va boshqarish sistemalari tayeor maxsulot sifatini aniqlash usullari bilan tanishish.
e) ishlatilayotgan, modernizasiya va rekonstrukцiya qilinayotgan mashina va jixozlarning tannarxini aniqlash usullari bilan tanishish va amaliy egallash.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Talabaning 4 kurs davomida barcha o’zlashtirgan va fanlardan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash.

  • Korxona va uning tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish va zamonaviy tizimlar bilan taqqoslash va xulosalar chiqarish.

  • Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini tahlil qilish va kamchiliklarini o’rganib, takliflarni ishlab chiqish.

  • Rahbarlar, ularning o’zini tutishi va jamoa bilan munosabatlari haqidagi tajribalarini oshirish.

  • Ishlab chiqarish hodimlari tarkibi, tuzilish, qo’nimsizligi va ish haqi hisoblash tizimini tahlil qilish.

  • Korxonadagi umumiy boshqaruv muhiti va bunda rahbarlarning faoliyatini tahlil qilish, kamchiliklarini o’rganish va takliflarni ishlab chiqish.

  • Ishlab chiqarish tsexlari va ularning texnologik asoslarini tahlil qilish, ob’ekt ishlab chiqarish faoliyatiga mos keluvchi zamonaviy texnologiyalarni o’rganish va tahlil qilish.

  • Korxonada boshqaruv hujjatlarini yuritilishi va ularni to’ldirish darajalarini, ulardagi statistik ma’lumotlarni taqqoslama tahlil qilish, yakuniy xulosalarni shakllantirish.

  • Korxonaning marketing tizimini boshqarish jarayonini tahlil etish va muammolarini o’rganish. Bunda, marketing faoliyatini strategik tahlil qilish.

  • Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini o’rganish tahlil qilish, yakuniy xulosalarni shakllantirish va taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish.

  • Korxonaning umumiy boshqaruv siyosatini o’rganish, tahlil qilish mavjud muammo va kamchiliklarini barataraf etish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

  • Korxonada mehnat muhiti, munosabatlari, mehnat normalari va ularni bajarilishini tahlil qilish va sh.k.

5320300 – ««TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR »» ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-kurs talabalarining bitiruv oldi amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin