Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə2/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

Tuzuvchi:

R.Ummatov
R.Siddiqov
B.Xaminov

Taqrizchilar:











TDTU Qo’qon filiali uslubiy Kengashi tomonidan ma’qullandi va chop etishga tavsiya qilindi.
“_____”______________ 2021 yil. Bayonnoma №______


KIRISH
Rivojlanib borayotgan texnika va texnologiyalar, yangidan qurilayotgan ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy texnologik mashinalar bilan jihozlanib borayotganligi, mazkur innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanishni uddalaydigan kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, aholining ijtimoiy hayoti va tarmoqlarning taraqqiyoti yetishib chiqayotgan kadrlarga bo’lgan talabni tobora oshirib bormoqda. Bugungi kunning zamonaviy kadri ilg’or, faol, xorijiy tillarni va axborot kommunikatsion texnologiyalarni o’zlashtirgan shuningdek, o’z sohasidagi bilimlari bilan mehnat bozorida raqobatlasha olish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
5320300-“«TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR » (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi talabalari o’qish davrida egallagan nazariy bilimlarini takomillashtirish va amaliy jihatdan mustaxkamlashda ishlab chiqarish korxonalarida o’tkaziladigan amaliyotning o’rni muhim sanaladi. Amaliyot o’tayotgan talaba nafaqat ishlab chiqarish faoliyati yoki xujjatlari bilan ishlash, balki, ishlab chiqarishdagi norasmiy kommunikatsiyalarning ham guvohi bo’ladi. Shuningdek, korxonaning ijtimoiy-tashkiliy ishlarida ham faol ishtirok etishi talab etiladi. Bu bilan uning mehnat muhiti va munosabatlarini anglashi yengillishadi.
Ushbu amaliyot dasturida ko’rsatilgan amaliyot turlari har birining yakunida talaba tomonidan hisobot tayyorlanadi va himoya qilinadi. Talabaning amaliyotga qatnashishi, faolligi, hisobotining mazmuni va himoyasining sifatiga qarab uning amaliyotni o’tashiga baho beriladi.
Mazkur amaliyot dasturlari to’plami O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti: 320000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari”, O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli, 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli, 2018 yil 21 avgustdagi №593 buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan “5320300 – «Texnologik mashinalar va jihozlar» bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari” va o’quv rejalar asosida ishlab chiqildi.
Amaliyot turlari va ularni o’tkazish muddatlari quyidagi jadvalda keltirib o’tilgan:






Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin