2.5. Quymakorlik. Sanoat korxonasi miqyosida quymakorlikning tutgan o‘rni. Qo‘llaniladigan quyma olish usullari, unumdorligi va tejamkorligi. Quyma olish uchun qo‘llaniladigan metallar va qotishmalar, markalari va xossalari.
Metallarni eritish jixozlarining tuzilishi, ishlash prinsiplari. Quyma tuzilishiga ta’sir etuvchi faktorlari. Quymaga, qolip va sterjen’ materiallariga qo‘yiladigan talablar.
Korxona qoshidagi quyma olish jarayonining sxematik ko‘rinishlari.
Quymaning qolipidan ajratib olish va quyma sifatini tekshirish usullari.
Quymakorlikga oid mexnatni, atrof-muxitni va tabiatni muxofaza etish muammolari.
Shaxsiy topshiriq : Quymakorlik texnologik jarayonining yaxshilashga, quymani sifatini oshirishga, bexuda sarflarni kamaytirishga, mexnat madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliyotchi talabaning takliflari,tavsiyalari.
2.6. Konstruksion materiallarni payvandlash, kavsharlash, yelimlash. Kostruksion materiallarni payvandlash, kavsharlash va yelimlash jarayonlari, bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari.
Payvadlash. Payvadlanuvchanlik. Payvandlash usullarining klassifikatsiyasi. Eritib payvandlash. Elektr yoyining xossalari. Elektr tok manbalri. Payvandlash materiallari /metall qotishmalari, elektrodlar, flyus va ximoyachi gazlar.dastaki va mexanizatsiyalashgan payvandlash usullari, payvandlash texnikasi. Payvandlash rejimini tanlash. Payvand birikmalarining sifatini tekshirish usullari.
Qattiq fazada payvandlash usullari. Payvand birikmasi xosil bo‘lish mexanizmi. Payvand birikmaning sifatiga ta’sir etuvchi faktorlar.
Gazli payvandlash va kesish usullari, rejimlari. Yonar gazlar. Yupqa va qalin metallarni payvandlash texnologiyasi va payvandlash texnikasi.
Konstruksion materiallarni kavsharlash va yelimlash. Kavsharlar va yelimlash va yelimli texnologiyasi. Birikmalar turlari va xossalari.
Sanoat korxonasi miqyosida payvandlash, gazli kesish, kavsharlash va yelimlash jarayonlarining egallagan o‘rni. Qo‘llaniladigan usullari, jixozlari, asbob-uskunalari. Korxona qoshida bajariladigan payvandlash, gazli kesish, kavsharlash, yelimlash ishlarining bajarilish jarayoni, birikmalarining jixozlari va asbob-uskunalarining eskizlari.birikmalarining sifatini tekshirish usullari. xavfsizlik texnikasi va mexnatni muxofaza etish.
Shaxsiy topshiriq : Payvandlash, gazli kesish, kavsharlash va yelimlash jarayonlarini yaxshilashga,birikmalarini sifatini va ish unumini oshirishga, bexuda sarflarni kamaytirishga, mexnat madaniyatini va atrof muxit ximoyasini yaxshilashga asoslangan, amaliyotchi talabaning takliflari va tavsiyalari.