Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Amaliyotning maqsad va vazifalari



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə7/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

2.1. Amaliyotning maqsad va vazifalari
Ishlab chiqarish amaliyoti yetukli muxandis mutaxassislarini tayyorlash o‘quv jarayonining muhim bir qismi bo‘lib talabalarni nazariy va amaliy mashg‘ulotlar yordamida ta’lim yo‘nalishiga oid sanoat korxonasi bilan tanishtirish va kelgusi amaliy ishlarida zarur bo‘lgan bilimlarni va mexnat uslublarini o‘rganishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, talabada o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash uchun sharoitlarni yaratgan holda, tajribasini oshirish hisoblanadi.
O‘quv amaliyoti zamonaviy talablarga javob beradigan sanoat korxonalarida, o‘quv ustaxonalarida, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida malakali amaliyot raxbarlari boshchiligida olib boriladi.
O‘quv amaliyoti “Konstruksion materiallar texnologiyasi”, “Materialshunoslik”, “Yunalishga kirish” kabi o‘quv fanlarga asoslangan bo‘lib, quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
a/ sanoat korxonasining boshqarish tizimi bilan tanishish;
b/ korxonaning xomaki tayyorlov bo‘limining texnologik jarayonlari, ish uslublari jihozlari va asbob-uskunalari bilan tanishish;
v/ asosiy ishlab chiqarish bilimlarining texnologik jarayonlari, ish uslublari, jihozlari va asbob-uskunalari bilan tanishish;
g/ yordamchi bo‘limlar /texnikaviy nazorat, mexnatni va tabiatni muxofaza qilish, sinov laboratoriyalari va xakazolar moxiyati, ish uslublari, jihozlari, asbob-uskunalari bilan tanishish ;
d/ shaxsiy topshiriq ustida ishlash;
O‘quv amaliyoti jarayonida talabalar sanoat korxonasida yangi zamonaviy ishlov berish texnologiyalari, jihozlari, asbob-uskunalari, serunumli ish uslublarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdagi muxandis-mexaniklarning roli bilan yaqindan tanishadilar.
Mexanika soxasiga mansub bo‘lgan tokarlik, frezalash, parmalash, slesarlik va boshqa ish uslublari bilan tanishib, amaliy xarakatlarni bajarilishini o‘rganib, sanoat korxonasi kvalifikasiya komissiyaga imtixon topshirib, talabalar biror ishchi malakasi darajasiga ega bo‘lish, xam o‘quv amaliyotini vazifasiga kiradi.
O‘quv amaliyoti jarayonida talabalar kundalik daftarlarida bajarilgan ishlarning mazmunini aks ettiradilar, amaliyot dasturi va amaliyot raxbarlari tomonidan berilgan shaxsiy topshiriq asosida xisobot A 4 (210x297) format qog‘ozida, xisobotning matni, grafik ifodalar, chizmalari /eskiz ko‘rinishida / yagona nusxa / GOST, YeSKD/ asosida bajariladi.

Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin