Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Korxona raxbari va bo’lim boshliqlari faoliyatini o’rganish, kun tartibi bilan tanishish



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə6/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

Korxona raxbari va bo’lim boshliqlari faoliyatini o’rganish, kun tartibi bilan tanishish. Bu bo’lim orqali talaba rahbar mehnatini tashkil etish va kun tartibidagi masalalarni hal etish yo’nalishlarini o’rganadi. Talaba tomonidan quyi, o’rta va yuqori pog’ona rahbarlari nima ish qilishadi, vaqtni qanday boshqarishadi, kun tartibini hamda vaqtini qanday tasimlaydi, kommunikatsiyaga sarflanadigan vati va shu kabi rahbarning ishdagi vaqti bilan bog’liq amalga oshiradigan ishlarini o’rganadi, tahlil qiladi. Rahbarlarning kun tartibini bir-biridan farqini ajratadi. Rahbarlarning jamoani shakllantirishdagi vazifalari bilan tanishadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi va tahlilini amalga oshiradi.
Tanlab olingan individual topshiriq bo’yicha korxona faoliyatini amaliy jihatdan o’rganib tahlil qilish. Ushbu bo’limda talaba amaliyotni avvalida o’zi tomonidan mustaqil tanlangan yoki rahbarning tavsiyasiga ko’ra tanlangan mavzu bo’yicha talaba nazariy bilimlarni shakllantiradi va korxonadagi ushbu mavzusiga to’g’ri keladigan jarayon bilan tanishadi va tahlil o’tkazadi.
Hisobotni, individual topshiriqni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish. Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilangan komissiya oldida amalga oshiriladi.

Hisobotda sanoat korxonasining tarixi, kelajakka qaratilgan rivojlanish dasturi, ishlab chiqarishning asosiy sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, sanoat korxonasining umumiy tizimi /struktura/, boshqarish organlari vazifalari, asosiy ishlab chiqarishga qaratilgan sexlarning tuzilishi va tarkibiy bo‘limlarining vazifalari yoritilishi kerak. Shuningdek, talaba amaliyot rahbari tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqni ham mas’uliyat bilan bajarishi, hisobotda uni keng yoritishi zarur.


Shaxsiy topshiriqda quyidagi mavzularga e’tibor qaratiladi:

  1. Korxonada foydalanilayotgan detallar materiallarini o’rganish.

  2. Detallarga mexanik ishlov berish dastgohlarini o’rganish.

  3. Detallarga mexanik ishlov berishda ishlstiladigan moslamalar va uskunalarni o’rganish

  4. Detallarga mexanik ishlov berishda ishlstiladigan kesish asboblarini o’rganish.

  5. Detallarga mexanik ishlov beriigan yuzalarni nazorat qilish asboblarini o’rganish.

  6. Xomashyolarga rezba ochish operasiyasini o’rganish

  7. Xomashyolarni yo’nish operasiyasini o’rganish

  8. Xomashyolarni frezalash operasiyasini o’rganish

  9. Xomashyolarni zenkerlash operasiyasini o’rganish

  10. Xomashyolarni jilvirlash operasiyasini o’rganish

  11. Xomashyolarni parmalash operasiyasini o’rganish

  12. Xomashyolarni randalash operasiyasini o’rganish

  13. Parmalash dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish.

  14. Korxonalardagi transportlovchi mashinalar.

  15. Parmalash dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish.

  16. Tokarlik dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish

  17. Frezalash dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish.

  18. Jilvirlash dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish.

  19. Randalash dastgohini tuzilish va ishlah prinsipini o’rganish

  20. Elektr yoyli payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish.

  21. Flyus ostida payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish .

  22. Bosim ostida payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish.

  23. Inert gazlar muhitida payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish

  24. Elektr shlak usulida payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish.

  25. Lazerli payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish

  26. Elektron nurli payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish

  27. Yarim avtomatik payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish

  28. Korhonada tayyorlanadigan detallarning materiallarini o’rganish

29. Avtomatik payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish
30.Korhonada detallar tayyorlanadigan shtamplarni o’rganish
31.Elektrod bilan qoplash payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish
32.Elektr yoyli payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish
33.Elektr yoyli dastakli payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish
34. Korhonada detallar tayyorlashda mahsulot sifatini nazorat qilish jihozlarini o’rganish
35.Plazmali payvandlash texnologiyasi va jihozlarini o’rganish.

2. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI (2-KURS)





Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin