O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo'yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish
to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o'rnatilgan tartibda ishlab
chiqsin.
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat
arxitektura va qurilish qo'mitasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati
hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda
yodgorlik majmuasini barpo etish;
tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O'zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov siymosini yaratish
bo'yicha xalqaro ijodiy tanlovda g'olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti
Toshkent shahrida, Islom Karimov tug'ilib o'sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi
rahbar bo'lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o'rnatish;
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya
vazirligi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent
shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz ko'p yillar
davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O'zbekiston
ko'chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo'yicha
joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
quyidagi muassasa va obyektlarga:
Toshkent davlat texnika universitetiga;
Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
Farg'ona shahridagi San'at saroyiga;
Toshkent xalqaro aeroportiga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko'chalarga
(mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30-yanvar kunini keng nishonlash,
2 / 3
|