Islom nursing ma'rifat dini


О‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bо‘sh vaqtdan avval bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni



Yüklə 13,88 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü13,88 Kb.
#177668
1   2   3
Islom nursing ma\'rifat dini

О‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bо‘sh vaqtdan avval bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni.

  • О‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bо‘sh vaqtdan avval bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni.
  • Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, sо‘ng esa otangga yaxshilik qil.Ota-onalarni keksalik vaqtida har ikkisini, yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin va yana xor bо‘lsin.
  • Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham dо‘zaxga mahkumdir. Hadisi muborakdan keltirilgan ushbu misralarning ma’naviy jihatlariga izoh berishning hech bir hojati yо‘q.
  • Inson tanasi uchun jon qanchalik muhim bо‘lsa, uning ma’naviyati, ruhiyatining teranligi uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi.Inson ilm egallash yо‘lidan yursa yuksaladi, aks holda tubanlikka, johillikka yuz tutadi.Bu foniy dunyoda ilmdan bebahra qalblar jonsiz jasadga о‘xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz ilmu hikmat bilan yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida bu ilmlardan xabardor bо‘ladi, moddiy va ma’naviy hayotda yuksaklikka kо‘tariladi. Ilm inson tafakkuriga nur baxsh etadi. U shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo yuksak martabaga erishtiradi. Mana shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni karim va hadislarda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bо‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Hadisda beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining о‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Qur’oni karimda: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga kо‘tarur” deyilishi negizida ilmli zotlar va unga intilganlar jamiyatda yuksak mavqe va hurmatga sazovor bо‘lishlariga ishoradir.

Qur’oni karimda “ilm” sо‘zi asosida “Alima” bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bо‘lgan oyat ham “О‘qi...” “О‘qi...” sо‘zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “О‘qi! Sening о‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Qur’oni karim ham ilm, ham hayot kitobidir. Ilm yо‘lini tutgan inson eng sharafli yо‘lni tanlagan bо‘ladi.
Payg‘ambarimizning “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadislari negizida islomning ilmga bо‘lgan yuksak e’tiboridan dalolat beradi. Yana bir hadisda: “Insonlar yo о‘rgatuvchi yoki о‘rganuvchilarga bо‘linadi. Bundan boshqalari esa arzimasdir, deb ta’kidlansa, boshqa bir hadisda: “Insonlar о‘likdir, faqat ilm ahligina tirikdir”, deb bu dunyoda faqat ilm sohiblarigina haqiqatga intilganliklari tufayli tirik ekanliklari aytiladi.
Haqiqatan, hoh dunyoviy, hoh diniy ilm yо‘lida zahmat chekkanlar jisman yо‘q bо‘lsalar ham ular ma’nan tirikdirlar. Bunga Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Nasr Forobiy, Imom Marg‘inoniy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va Ahmad Farg‘oniy, Hoja Ahror Valiy va Ulug‘bek va boshqalar yaqqol misol bо‘ladilar. Bu buyuk zotlar yaratgan asarlar insonlarning hayot yо‘lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros qilib qoldirgan asarlarni о‘qib-о‘rganib kishilar ma’nan oziqlanib har on va har lahzada ularni eslab turadilar. Ularga bо‘lgan muhabbat insonlar qalbida abadiy yashab kelmoqda.
Yüklə 13,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin