KIRISH…………………………………………………….…………………………….
I BOB. KEKSALIK YOSHI – PSIXOGERONTOLOGIK DAVR SIFATIDA Keksalik davrining psixologik jihatdan o’rganilishi…………..……….…………..
Hissiy soha faoliyatining yoshga doir xususiyatlari…………..……………………
II BOB. HISSIY SOHA NAMOYON BO’LISHIDA KEKSALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 2.1. Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishini metodik tadqiq etish…...………….
XULOSA……………………………...…………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….……………………….……
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fikrlari shubhasiz, insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Davlat va jamiyatning psixologik asoslarini mustahkamlash va samaradorligini oshirishda amaliy soha bo’lib xizmat qiladi. Davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni rivojlantirishda keksalarning o’rni nihoyatda katta. Shu nuqtai nazardan keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini o’rganish jamiyatning yangilanishi davrida shaxs ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng yosh davrlari psixologiya fanini taraqqiy ettirish uchun keng ufqlar ochildi. Bu fan o‘z taraqqiyotining shartli ravishda yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Psixologiya fani jamiyatimiz rivojlanib borayotgan sari o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, insoniyat hayotida zarur bo‘lgan muhim ilm sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Bugun psixologiya ilmi kirib bormagan fan va ishlab chiqarish sohasini deyarli uchratib bo‘lmaydi. Aynan ushbu ko‘satkich mavzuning dolzarbligini asoslab beradi.
Mavzuning o’rganilganligi:Mazkur muammoni psixologik jihatdan o’rgangan, Yu.N.Kulyutkin, S.V.Kvarkov, Z.F.Yesarova, B.G.Ananev, P.P.Lazarev, I.V.Davidovskiy, D.Bromley, E.I.Boyko, D.Botvinnik, A.R.Luriya, E.N.Sokolov, D.Birron va boshqalar keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini alohida e’tiborga olishdi.