Mundarija kirish I bob. Keksalik yoshi – psixogerontologik davr sifatida


II BOB. HISSIY SOHA NAMOYON BO’LISHIDA KEKSALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 67,19 Kb.
səhifə5/7
tarix14.06.2023
ölçüsü67,19 Kb.
#129852
1   2   3   4   5   6   7
Кексалик даври

II BOB. HISSIY SOHA NAMOYON BO’LISHIDA KEKSALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishini metodik tadqiq etish
Har qanday tadqiqot yoki bror ilmiy ish olib borilayotganda taxmin qilinayotgan gipoteza (g`oya, yangi fikr)ni haqiqattan ham o`z tasdig`ini topgan yoki topmaganligni eksperinmental amaliyotlari orqali isbotlab beriladi. Ayniqsa psixologiya olamida eksperimental tadqiqotlar eng zaruridir. Chunki shaxsda sodir bo`layotgan har qanday holat-hodisa inson ongiga singan bo`lib uning xatti-harakatlari va xarakterida nomoyon bo’ladi. Bu kabi jihatlarninig ildizlarini topish uchun albatta eksperimental metodika, testlar zarur. Ulardagi aniqlik insonga to`g`ri tashxis qo`yish va sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisalarning profilaktikasidir. Shuning uchun psixologiya olamida tadqiqotlarni eksperimental amallarsiz tasavvur qilish bir muncha qiyindir. Dalil va qo`shimcha ma`lumotlar shaxsni boshqattan kashf qilish uchun eng dolzarbidir. Ushbu ma`lumotlar esa metodik qo`llanmalar va testlar orqali ochib beriladi. Biz tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda Keksalik davridagi hissiy nomoyon bo`lishni ikkita eksperimental metodikalar orqali ochib berishga qaror qildik. Ular: N.Xolning “Emotsional intellektning koiftsentini aniqlash” va I.M.Yusupovning “Empatik qobilyat diagnostikasi” metodikalaridir.
Nikolas Xolning “Emotsional intellektning koiftsentini aniqlash” metodikasi insondagi hissiy soha qanday aspektlardan iborat ekanligini, uning asosida nimalar yotgani aniqlashda juda yaxshi qo`l keladi. Hissiy emotsional shakllanishdagi asosiy bo`lgan ijtimoiy va individual xususiyatlarga ham alohida e`tibor qaratilgan, shu sababdan ham ushbu metodika hissiy emotsional nomoyon bo`lishini aniqlashda ancha samarador. Metodikadaning yana e`tiborli jihati shundaki, empatik darajani qaysi bosqichda ekanligini ochib bera oladi. Metodika klassik metodlar turiga kirganligi sababli umumiy yosh jihatdan barchaga mos tushadigan metodika hisoblanadi. Hozirgi keksalik yoshidagi insonlar bilan ishlashda, ularning hissiy holatlari bayon qila olishlari uchun ularga barcha kerakli bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berildi. Ya`ni ularga hozirga kelib davlat tomonidan zarur bo`lgan ehtiyojlar qondirib berilmoqda desak mubolog`a bo`lmaydi.
I.M.Yusupovning “Empatik qobilyat diagnostikasi” metodikasi asosan insonda empatik jarayonlar qanday ko`rinishda va ular qanday ishlashini ochib berishda eng samarador metodikalardan biridir. Holbuki bu metodika empatiyaga tashxis qo`ysada ammo undagi shkalalar insonning ichidagi muammosini asl negizlarini topib berishda ham qo`l keladi. Chunki har qanday insonda sodir bo`layotgan voqea-hodisalar inson emotsiyasida namoyon bo`lar ekan. Ayniqsa bizning tadqiqot mavzuimizga oid bo`lgan jihatlari bisyordir. Misol tariqasida hozir “Empatik qobilyat diagnostikasi” metodikasining 6 ta shkalasini keltirib o`tamiz: “Ota-onaga bo`lgan empatiya” , “Hayvonlarga bo`lgan empatiya” , “Qariyalarga nisbattan empatiya” , “Bolalarga nisbattan empatiya”, “Badiy qahramonlarga nisbattan empatiya”, “Notanish odamlarga nisbattan empatiya” ko`rib turganizday ushbu shkalalar inson tashxis qo`yishda ancha yordam beradi. Xususan “Bolalarga nisbattan empatiya” shkalasi aynan keksa yoshdagi odamlarga juda xos, chunki keksalar uchun ko`proq o`z bolalarinig e`tibori va mehri juda ham zarurdir. Ayan shu kabi jihatlarni hisobga olgan holda biz o`z tadqiqotimiz uchun ushbu metodika tanlab oldik. Qobilyatlar sohasidan olib qarasak individual xususiyatlar hissiy kechinmalarning qaysi sohada ko`proq nomoyon bo`lishini ko`rishimiz mumkin, ayniqsa xarakter tipi va temperament ham shaxsdagi hissiy namoyon bo`lishini boshqaradi.



Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin