Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini ta’limoti



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə5/12
tarix10.11.2022
ölçüsü53,54 Kb.
#68372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
WKHBob2hb3XrvKiOdovqc86W1sCWwQpZtYwmCFIu

Islomdagi ilk bo‘linish. Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan boshlangan edi. Chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo‘lishi ochiq-oydin ko‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga “Xalifa” (o‘rinbosar) bo‘lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. Payg‘ambar alayhis-salom vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda musulmonlarga imomlik vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida qabul qilingan edi.
Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bo‘lsa, xalifa Usmon ibn Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar
paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd ham ana shu fitnalarning natijasi edi. Xalifa qatl etilgach, uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) sayland
Hazrat Ali (r.a.) qo‘shini tarkibida sobiq xalifa Usmon (r.a.) qotillarining borligi ba’zi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avom va Mu’oviya ibn Abi Sufyon kabi sahobalar Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: “Ali qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bo‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko‘tarilganidan keyin Usmonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo‘ldi”.
Bu uch sahobaning shunday fikr bildirishlariga sabab ularning har biri xalifalikka Alidan ko‘ra o‘zlarini loyiqroq deb hisoblab, agar bu mansabda o‘tirganlarida, jamiyatda ildiz otib borayotgan fitnalarni tomiri bilan yulib tashlashga qodir ekanliklarini da’vo qilardilar. Ular o‘z da’volari haq ekanligini turli yo‘llar bilan isbotlardilar: Talha va Zubayr Umar vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga chaqirilgan olti kishidan birimiz... deyishsa, Muoviya esa Usmonga yaqin qarindosh va uning qasosini olishga loyiq ekanligini ro‘kach qildi.
Talha va Zubayr “al-Jamal” (“Tuya”) jangida halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Ali o‘rniga xalifalikka da’vogarlardan birgina Muoviya ibn Abu Sufyon qoldi. 657 yili Shomda Muoviya va Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Siffin jangi musulmonlardan ikki guruhning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi ikki katta oqim – xavorij va shialarga aylandi.
Bu jangda Ali ibn Abu Tolib ortiqcha qon to‘kilishini istamay, qarshi tomon bilan o‘zaro bitim tuzib, urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qo‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bo‘lib, ajralib chiqdilar.
Xuddi shu vaqtda yangi diniy oqim yuzaga keldi. Ya’ni Aliga itoat etishdan bosh tortganlar “Xavorij” deb, Muoviyaga qo‘shilmay Ali atrofiga to‘planganlar esa keyinchalik “Shia” deb nomlana boshlandi. Bu ikki toifaning yonida esa “jumhur” ya’ni qolgan musulmonlar jamoati turardi. Har bir toifaning o‘ziga xos diniy nuqtai nazari va “fiqhi” paydo bo‘ldi.

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin