Shariat nazoratining metodologiyasi
Islomiy investitsion fondlar investitsiya operatsiyalarni amalga oshirish va portfel investitsiyalarni boshqarish shariat qonun-qoidalari doirasida amal oshishini ta’minlash uchun shariat kengashi bilan hamkorlik qiladi. Shariat kengashi mustaqil yoki tashqi konsultativ tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Islomiy fondlarni shariat qonun-qoidalari asosida tartibga solishda asosan tekshirish (skrining) va poklash amaliyotlari qo’llaniladi.
Tekshiruv va poklash amaliyotlarining asosiy maqsadi kompaniyani va uning aksiyadorlarini shar’iy jihatdan joiz bo’lmagan faoliyat turlaridan daromad topishdan, shuningdek, shubhali hisoblangan daromadlarda himoya qilishdir. Turli tashkilotlarning shariat kengashlari mavjud biznes muhitini hisobga olgan holda shariatda maqbul deb hisoblanishi mumkin bo'lgan holatlar borasida ijmo qilishadi
Dostları ilə paylaş: |