Shariat nazoratining asosiy tarkibiy qismi
Investitsiya qilish uchun korxonalarni tekshirish jarayoni umumiy holatda ikki turga bo’linadi:
a) ishlab chiqarish faoliyatini tekshish;
b) moliyaviy kapitalni tekshirish.
a) ishlab chiqarishni tekshirish
Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladi:
“Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan so’ng, ularga saqlanishlari lozim bo’lgan narsani bayon qilmasdan turib zalolatga ketgazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi zotdir” Qur’oni Karim (9.115)
Shariat investitsiya qilishga ruxsat bermaydigan ishlab chiqarish turlari islomiy fiqh kitoblarida batafsil muhokama qilingan. Bu kabi harom va shubhali ishlar bilan shugullanuvchi firmalarning aksiyasini sotib olish va firma faoliyatida ishtirok etish islomiy fiqh qoidalari nuqtayi nazaridan ta’qiqlanadi. Korxona ish yuritayotganda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan asosiy masala bu faoliyatining islom ahkomlariga ko’ra ruxsat etilishi yoki ta’qiqlanishi hisoblanadi. Islom shariati tomonidan taqiqlangan faoliyat turlari quyida qisqacha keltirilgan:
-Foiz stavkasiga asoslangan mahsulotlar va xizmatlar;
-Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyati;
-Qurol-yarog’ ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berishga doir faoliyat turlari;
-O’yinlar va qimor;
-An’ananiy sug’urtaga doir ishlar;
-Cho’chqa va cho’chqa mahsulotlarini ishlab chiqarish va shunga doir faoliyat;
-Pornografik mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash ishlarida ishtirok etish;
-Shariat kengashi tomonidan shariatda ruxsat berilmagan deb topilgan boshqa barcha faoliyat turlari
Shuningdek, yuqoridagi ro’yxatda keltirilmagan, lekin mazkur faoliyat turlari shakllanishi va tarqalishiga olib keluvchi har qanday faoliyat turi ham shariat ahkomlari doirasida ta’qiqlangan.
Dostları ilə paylaş: |