ISLOM INVESTITSIYA FONDINING FAOLIYATI
Islom jamg’armalar ham investitsiya fondiga o'xshash tarzda ishlaydi. U o'z vazifalarini yuridik shaxs shaklida amalga oshiradi. Jamg'armaning huquqiy tuzulishi ko'plab omillarga bog'liq va sharoit talabiga qarab o'zgarishi mumkin. Biroq, Islom investitsiya fondi odatda quyida muhokama qilinadigan har qanday huquqiy ko’rinishda bo'lishi mumkin:
Kompaniya
Trust
Sherikchilik
Islomiy fondlar kompaniya ko’rinishida:
Islomiy fondlar kompaniya ko’rinishida tashkil qilinganda fond menejeri direktorlar kengashi rahbari sifatida, investorlar esa aksiyadorlar ko’rinishida fond faoliyatida ishtirok etadi. Aksiyadorlar fond menejeriga o’z mablag’larini boshqarish huquqini beradi. Bunday holatda fond rahbariyati shariat kengashi bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, shariat kengashi jamg’armani boshqarishda ham bevosita ishtirok etishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, Yaqin Sharqda keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |