Islomiy fondlar trust ko’rinishida.
Bunday ko’rinishda investorlar jamgarma uchun ishonchli vakil tayinlaydilar Va ushbu vakil rentabilligi yuqori deb hisoblangan nuqtalarga jamg’arma mablag’larini investitsiya qiladi. Bunday holatda vakil jamg’armaga omonotdor sifatida javobgar shaxsga aylanadi.
Islomiy fondlar sherikchilik ko’rininishida
Sherikchilik ko’rinishida fond menejeri ham jamg’armada o’z ulushiga ega bo’ladi, qolganlar aksiyadorlar singari ishtirok etishadi. Bunday holatda tayinlangan sherik fond mablag’larini boshqarishga javobgar bo’ladi.
Fondlar qanday holatda tashkil etilishidan qat’iy nazar, roli va majburiyatlari jihatidan o’zgarmas xarakterga ega bo’ladi. Fond menejeri jamg’armani boshqarishga va investorlar uchun foyda keltirish uchun javobgar shaxs bo’ladi.
Islomiy fondlarning tuzulishi
Islomiy jamgarmalarda ko’plab subyektlar ishtirok etadi. Investorlar, fond menejeri, shariat kengashi va fondlarni shakllantirishda ishtirok etuvchi boshqa hamkorlar shular jumlasidan.
Dostları ilə paylaş: |